141
va yo‘l yoqasini bitum va boshqa bog‘lovchi materiallar (polimer smolasi) bilan
ishlashdir.
Sochiluvchan qumlarda yo‘l poyini qurish bo‘yicha yo‘l-qurilish otryadi
tarkibida asosni tekislash va tozalash, yo‘l cheti polosasida qumni surish uchun
buldozerdan tashqari ko‘tarmada va yo‘l chetida qumni tekislash uchun og‘ir
aravachali greyder, suv sepuvchi mashina, qatlam qalinligi 30 sm bo‘lgan
ko‘tarmani zichlash uchun katok, himoya qatlamiga bog‘langan gruntni keltirish
uchun skreper yoki aravachali traktor, shuningdek, gruntni tekislash uchun
avtogreyder (himoya qatlami ustida harakatlanuvchi) kerak bo‘ladi. Barxan
qumlarini zichlashtirish tebratuvchi katoklar yordamida olib boriladi.
Zichlashtirishda ish tartibi dastlabki zichlashtirish bilan aniqlanadi.
Cho‘llarda qurish uchun sun'iy havzalarda to’plangan yomg‘ir suvlari
ishlatilishi mumkin. Changli qumlarni suv sepib zichlashtiriladi. Ko‘tarmani
zichlashtirilgan so‘ng darhol suv sepib zichlashtiriladigan bog‘langan grunt
bilan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: