150
tomonga kengaytirilganda avval yo‘l poyi bir tomonga to‘liq kengaytiriladi,
undan keyin boshqasini kengaytirishga kirishiladi. Agar kerakli darajada
ishlayotgan mashina turlari, kengaytirilayotgan ko‘tarmani bir yoki ikki
tomonidagi har xil qatlamlarda bo‘lsa, ishni ketma-ket harakatlanuvchi zveno
bilan bajarish mumkin.
Odatda, harakatni boshqa yo‘lda yoki aylanma yo‘lda o‘tkazishga harakat
qlinadi. Harakat qulay bo‘lishi uchun aylanib o‘tish yo‘li yil davomida 30
km/soat dan kam bo‘lmagan harakatni ta'minlovchi (agar kerak bo‘lsa) qattiq
qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Loyihalashda ish qimmatlashgani sababli harakat
uchun eski yo‘lni saqlash va yangisini yaxshilangan trassaga yaqin o‘tkazish
lozim.
Dostları ilə paylaş: