Barometr (yunoncha baros — og`irlik, metr — o`lchayman) — atmosfera
bosimini o`lchaydigan asbob.
Barxan — o`simlik bilan qoplanmagan ko`chma qum do`ngi. SHamol
ta`sirida bir joydan ikkinchi joyga ko`chib yuradi. Yillik ko`chish tezligi bir necha
sm dan yuzlab m ga etadi.
Biosfera (yunoncha bio — hayot, sfera — shar)—Yerning hayotga makon
bo`lgan, tirik organizmlar tarqalgan joyi qobig`i. B. atmosferaning pastki qismi
(troposfera)ni okean, dengiz, ko`l va daryo suvlari (gidrosfera) ni hamda Yer
po`stining ustki qismi (litosfera)ni o`z ichiga oladi.
Bir butunlik qonuniyati — tabiatda barcha komponentlar va hodisalarning
o`zaro bir-birlari bilan bog`lanib ketib, bir butun tabiiy muhitni hosil qilganligi.
Tabiatda uning barcha qismlari, hamma elementlari, hodisalar o`zaro bog`lanib
ketgan hamda muayyan muvozanatda turadi. Tabiatdagi biror komponent, element
o`zgarsa, bu o`zgarish boshqa komponentlarga ham ta`sir etib, butun tabiiy muhitni
o`zgarishga olib keladi. Tabiatga puxta o`ylanmay ko`rsatilgan ta`sir ko`pincha
salbiy oqibatlarga olib keladi.
Bora (yunoncha boreas — timol)— qishda tog` yonbag`irlari bo`ylab pastga,
dengiz, ko`llar»tomonga esadigan kuchli sovuq shamol. Botqoqlik— doimo yoki uzoq vaqt zax bo`lib yotadigan joy. Bot-qoqlikda
ba`zan 0,2—0,3 m qalinlikda torf qatlami bo`ladi. O`simliklarning ildizlari torf
ostidagi qatlamga etib bormaydi. Torf qatlami yupqa bo`lsa botqoqlashgan yerlar
deb ataladi. Botqoqlik o`rmoni kesilib ketgan yoki kuyib ketgan joylarda va
o`tloqlarni uzoq vaqt suv bosishi, shuningdek, sayoz suv havzalarini o`t qoplashi
natijasida hosil bo`ladi.
Bosh meridian (nolinchi meridian) — geografik uzunliklarni hisoblashda
shartli ravishda boshlang`ich deb qabul qilingan meridian. Xalqaro kelishuvga
muvofiq, London yaqinidagi Grinvich rasadxonasidan o`tuvchi meridian B. m. deb
qabul qilingan.