A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Barqaror rivojlanish milliy mezonlari



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Barqaror rivojlanish milliy mezonlari
Экологик
мезонлар
Ижтимоий
мезонлар
Иқтисодий
мезонлар
Барқарор ривожланиш миллий
мезонлари
3.2.1.- chizma
Iqtisodiy mezonlar:
-tayyor mahsulot birligi hisobiga energiya va xom ashyo sarfini kamaytirish;
-zamonaviy texnologiyalarni joriy etish yo’li bilan ishlab chiqarish
samaradorligini yoki tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish;
-O’zbekiston Respublikasida bozorning xususiy sektorini rivojlantirishga
ko’maklashish.
Ekologik mezonlar:
-atrof-muhitning
saqlanishiga
va
yomonlashishining
oldini
olishga
ko’maklashish;
-tabiiy xom ashyo sarfini va ishlab chiqarish chiqitlarini kamaytirish;
-xom ashyodan takroriy foydalanishga va tiklanayotgan tabiiy resurslardan
foydalanishga yo’naltirilgan texnologiyalarni joriy etish;
-atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish.
Ijtimoiy mezonlar:
-aholining ish bilan bandligining o’sishiga va haqiqiy daromadlarining oshishiga
ko’maklashish;
-loyihani amalga oshirishga jalb etilgan xodimlarning va loyiha amalga
oshirilayotgan hududda yashaydigan aholining sog’lig’ini yaxshilash;
38


-aholining tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalaridan xabardorligini
oshirish.
Tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi barcha Barqaror rivojlanish milliy
mezonlarini qondirishi shart emas, lekin ko’rsatib o’tilgan mezonlarga muvofiq
mamlakatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak.
3.3. O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish
maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida
amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar kompleksidir.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga
bog’liq holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va
shartlarini kelishish;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va
shartlarini kelishish;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) bo’yicha xulosalarni ko’rib chiqish va
tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) O’zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo’mitasi tomonidan - DTIA
(DTIH) hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari bo’lgan idoralarning -
Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul qilinayotgan
qurilish qiymatining qaror topgan bozor kon’yunkturasi darajasiga muvofiqligi
yuzasidan tarmoq xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda;
b) O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va
"Davarxitektqurilish" qo’mitasining quyidagilar bo’yicha xulosasi taqdim etilgan
vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA bo’yicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni ishlab
chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta o’zgartirishlarni,
tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini ro’yobga
chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xom ashyo va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon’yunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan
loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash
yuzasidan;
DTIH bo’yicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va
"boshqa tarmoqlar"ni rivojlantirish bo’yicha Hukumat qarorlariga muvofiqligini
ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni
hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
v) O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo
vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) hamda "Davarxitektqurilish" qo’mitasining
tavsiya etilayotgan marketing kontseptsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari
asosida jahon bozori kon’yunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga
39


muvofiq asbob-uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan
loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan
vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda ko’rib chiqiladi.
Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya),
shu jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining to’liq va mufassal tavsifini
taqdim etish mumkin bo’lmagan taqdirda asbob-uskunalarning narxlarining
cheklangan parametrlari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
tomonidan TIA(TIH)ni ekpertizadan o’tkazish jarayonida baholanishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi
o’z vakolatlari doirasida tashabbuskorga investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni
ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi
bozorlar marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda ko’maklashadilar.
g) O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan - DTIA (DTIH) va
"Davarxitektqurilish" qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar bo’yicha xulosalari taqdim etilgan
vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
DTIA
bo’yicha
-
loyihaning
moliya-iqtisodiy
samaradorligini
va
qoplanuvchanligini
baholash,
loyihaning
maqbul
parametrlariga
erishishni
ta’minlaydigan
moliyalashtirishga
ehtiyojni
aniqlash,
shuningdek
loyihani
moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;
DTIH bo’yicha - loyihani amalga oshirishning mumkin bo’lgan variantini
tanlash, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining maqbulligi, loyihaning
maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini
aniqlash yuzasidan;
d) xizmat ko’rsatuvchi bank tomonidan - DTIA (DTIH) va "Davarxitektqurilish"
qo’mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha tashabbuskorlarining
kredit tarixini o’rganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash va
loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga
ehtiyojini aniqlash yuzasidan xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta
muddatda. Moliyalashtirishni byudjet mablag’lari hisobiga (boshqa manbalardan
foydalanmasdan) amalga oshirish nazarda tutilayotgan ob’ektlar bo’yicha xizmat
ko’rsatuvchi bankning ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan
ob’ektlar, jalb etilayotgan kreditlarni to’lash uchun mablag’lar taqchilligini byudjet
mablag’lari hisobiga uzishni nazarda tutadigan DTIA (DTIH) bo’yicha xulosalarida
nazarda tutilayotgan byudjet mablag’larining maqsadga muvofiqligi (muvofiq
emasligi) hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish to’g’risidagi
xulosalar mavjud bo’lishi kerak.
Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris
bo’lgan tashkilot tomonidan beriladi.
DTIA (DTIH)ni tasdiqlash to’g’risidagi hujjat loyihaning nomi, uning
tashabbuskori, qurilishning cheklangan qiymati (shu jumladan, import texnologik va
boshqa asbob-uskunalarni sotib olish xarajatlari), ob’ektning hisoblab chiqilgan
quvvatini (ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi va nomenklaturasini),
40


shuningdek iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlarini, shu jumladan eksport hajmi
to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olishi kerak.
Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan, xarajatlar
turlari
bo’yicha
moliyalashtirishning
cheklangan
limitlari
asosida
loyiha
tashabbuskori tomonidan, belgilangan tartibda:
a) moliyalashtirish manbalari belgilanadi va kelishiladi;
b) pudratchilarni va loyiha bo’yicha xarid qilinadigan texnologik -
asbob-uskunalarni etkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab
chiqiladi.
Xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (XMII) - davlatlararo bitimlar asosida
tashkil
etilgan,
O’zbekiston
Respublikasida
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtiruvchi (hamkorlikda moliyalashtiruvchi) institutlardir.
Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) - O’zbekiston Respublikasida
investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi (hamkorlikda moliyalashtiruvchi) xorijiy
hukumat moliya tashkilotlaridir.
XMII va XHMT qarz mablag’lari jalb etilgan holda ro’yobga chiqariladigan
loyihalarni ko’rib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskorlari "Davarxitektqurilish" qo’mitasi,
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar
va savdo vazirligiga XMII(XHMT)ning baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari
asosida tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz
mablag’lari miqdorini o’z ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi to’g’risida
takliflar kiritadilar.
XMII(XHMT)ning
loyihani
moliyalashtirish/hamkorlikda
moliyalashtirish
yuzasidan roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari
asosida O’zbekiston Respublikasi bilan XMII(XHMT) o’rtasida o’zaro anglashuv
to’g’risidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi. Ikkinchi bosqichda
loyiha tashabbuskori XMII(XHMT)ning baholash missiyasi hisoboti asosida TIAni
ishlab chiqadi va ayni bir vaqtda ko’rib chiqish uchun vakolatli ekspertiza organlariga
taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari
hisobiga moliyalashtirishga(hamkorlikda moliyalashtirishga)tavsiya etilayotgan
investitsiya loyihasining DTIA(DTIH) va TIA(TIH) ushbu bo’limda bayon qilingan
talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi (3.3.1-chizma).
Loyihaoldi hujjatlari - qabul qilingan parametrlarga ko’ra loyihani amalga
oshirishning imkoniyati va maqsadga muvofiqligini, shuningdek uning hayotiyligini
asoslab beruvchi hujjatlar yig’indisi hisoblanadi

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin