Loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sxemasi 41
1-variant 2-variant 3-variant Investitsiya
loyihalari
bo’yicha, 2 va
3-variantlar
bo’yicha amalga
oshiriladigan
loyihalardan
tashqari
Yakka tartibdagi
loyihani ishlab
chiqishda "boshqa
tarmoqlar" va
ijtimoiy soha
ob’ektlari bo’yicha
Namunaviy
loyihani ishlab
chiqishda "boshqa
tarmoqlar" va
ijtimoiy soha
ob’ektlari bo’yicha
DTIA
DTIH
IL
Tanlov hujjatlarini
tayyorlash/moliyal
ashtirish
manbalari va
shartlarini
kelishish
Tanlov hujjatlarini
tayyorlash/moliyal
ashtirish manbalari
va shartlarini
kelishish
Tanlov hujjatlarini
tayyorlash
TIA
TIH
Ishchi hujjatlar
Ishchi hujjatlar
3.3.1-chizma Loyihaoldi hujjatlariga loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashi (texnik-iqtisodiy
hisoblashi), materiallar va asbob-uskunalar etkazib berish, qurilish-montaj ishlarini
va ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o’tkazish uchun tanlov
hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki texnik-iqtisodiy
hisoblashi, shuningdek moliyaviy takliflar yoki kredit va investitsiya shartnomalari
(pul mablag’lari jalb etilgan taqdirda) kiradi.
Loyiha hujjatlari - ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan
arxitektura-shaharsozlik echimlari va texnik echimlarni, qurilishning smeta qiymatini
o’z ichiga oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash
asosida ishlab chiqiladi.
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash
(DTIA yoki DTIH) - variantlarni ko’rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish
va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy echimini tanlashni,
umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar
qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha
variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini
belgilovchi hujjat hisoblanadi.
Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (TIA va TIH) -
investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida va loyihani
moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali
42
texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy echimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjatidir
(3.3.2-jadval)
Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli
ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tadi (3.3.1-jadval).