o’tab bo’lgan tovarlarni o’tkazish bilan bog’liq, shuningdek, ishlab chiqarishdan
sifatsizligi aniqlanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog’liq bo’ladi;
-ssuda kapitali importi mamlakat tashqi qarzining ko’payishiga olib keladi;
-moliyaviy inqirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi
mamlakat valyutasining barqarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy
zarar etkazadi. Misol uchun 1997 yilda Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuz
bergan moliyaviy inqiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin.
TMKlarning ko’plab filiallari orqali kapital qo’yish ishlab chiqarishning xalqaro
kooperatsiyalashuviga olib keladi. Turli mamlakatlarning mustaqil yuridik
kompaniyalari bir xalqaro korporatsiya doirasida tarmoqli, texnologik, detalli
ixtisoslashuv orqali yaqin aloqada bo’lishadi. Kapital eksporti esa bu aloqalarni
mustahkamlaydi.
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o’sishni ta’minlash, sanoatning etakchi
tarmoqlarini rivojlantirish, bandlilikni oshirish uchun salmoqli hajmdagi xorijiy
kapitalni jalb etish bilan bog’liq iqtisodiy siyosatlari ham kapitallar migratsiyasini
ragbatlantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar esa
investitsiya muhitini erkinlashtirish orqali xorijiy kapitalni jalb etish va bu orqali
iqtisodiy rivojlanishga turtki berishga harakat qilishadi. Kapitallarning xalqaro
harakatini rag’batlantiruvchi omillardan yana biri xalqaro moliyaviy tashkilotlar
faoliyati bo’lib, ular kapitallar oqimini tartibga solib turishadi.
Mamlakatlar o’rtasida tuzilgan daromadlar va kapitallarni ikki karra soliqqa
tortishning oldini olish maqsadidagi xalqaro kelishuvlar o’z navbatida mamlakatlar
o’rtasidagi savdo, ilmiy-texnik hamda investitsiyalarni jalb qilish borasidagi
aloqalarni mustahkamlaydi.
Amalda dunyodagi barcha mamlakatlar BXIlarni faol qo’llab-quvvatlashmoqda.
Ularning erkin harakati uchun qulay muhit yaratishga intilmoqda, mavjud
cheklanishlar bekor qilinmoqda, amaldagi bozor raqobati uchun keng imkoniyatlar
yaratib berilmoqda.
Hozirgi sharoitda O’zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon
maydoniga chiqmoqda. Bu borada bir qator milliy manfaatlar hisobga olinadi. Kirib
kelayotgan xorijiy investitsiyalar hozircha etishmayotgan milliy resurslarni
to’ldirishi, zamonaviy texnologiyalar, uskunalar, «nou xau»ni olib kirishi, xorijiy
mutaxassislar, ekspert va konsultantlarni jalb qilish tufayli mahsulot sifati va ishchi
kuchi malakasini oshirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, xorijiy investitsiyalar
ishlab chiqarishni rag’batlantiradi, qo’shimcha ish joylari yaratadi, ishlab chiqarish va
ilmiy-texnikaviy kooperatsiya tufayli mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotiga
integratsiyalashuviga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: