qilish va umuman jahon andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar
sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv
ravishda paydo bo’ldi. Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi
bo’lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini hamda milliy iqtisodiyotga zarar
keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini o’rganishga asoslanadi. Buning
uchun, bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban qayta qurishga qaratilgan bir qator aniq
loyihalarni amalga oshirish zarur bo’ladi; ikkinchi tomondan, ichki investitsiya
resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori
baholanadi. Investitsiya muhitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini
takomillashtirish, moliya bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqd puldagi va
naqd bo’lmagan puldagi operatsiyalarni amalga oshirishni yaxshilash, shuningdek
xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarning boshlanish davridan chet el
investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon
iqtisodiy hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik
berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha huquqiy baza
yaratildi, investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko’rsatuvchi
infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada
«Valyutani tartibga solish» to’g’risidagi qonun qabul qilindi, Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligining vazifalari qayta ko’rib chiqildi, va uning milliy
valyutani konvertatsiyasi hamda import kontraktlarini ro’yxatdai o’tkazish bilan
bog’liq bo’lgan vazifalari bekor qilindi. Jumladan, 2003 yil 15 oktyabrdan milliy
valyuta joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiyasining ochilishi
mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va xorijiy investitsiyalar oqimining
ko’payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 aprelda Oliy Majlis tomonidan
yangi hujjat — "Chet el investitsiyalari to’g’risida" O’zbekiston Respublikasi Qonuni
va "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi.
Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida
yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga
ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. Jumladan,
Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet el investorlari manfaatlariga
zarar etish holatlarining oldini olish bo’yicha maxsus bo’linmalar tashkil etildi. Olib
borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha xorijiy
kapitalning tarkibida ma’lum bir siljishlar yuz berdi.
Dostları ilə paylaş: