4.3. Investitsiya shartnomalari
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 2 avgustdagi
180-sonli qaroriga asosan “Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish
tartibi” to’g’risida nizom ishlab chiqilgan. Mazkur Nizomga Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 7 iyuldagi 133-sonli qaroriga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasi "Chet ellik investorlar huquqlarining
kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi Qonunining 4-moddasiga
muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha
51
kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berishda ular bilan
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish
tartibini belgilaydi. Chet ellik investorlar bilan ularning qo’shimcha kafolatlar va
himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish bilan bog’liq bo’lmagan
investitsiya majburiyatlarini mustahkamlashga yo’naltirilgan shartnomalarni tuzish
va amalga oshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga muvofiq chet ellik investorlarga quyidagi yo’nalishlarda
kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) berish ko’zda tutilgan:
-barqaror iqtisodiy o’sishni, mamlakat iqtisodiyotini progressiv tarkibiy
o’zgartirishlarni ta’minlovchi ustuvor tarmoqlarni rivojlantirilishida;
-respublikaning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini mustahkamlash va
kengaytirishni, respublikani jahon xo’jalik aloqalariga integratsiyalashni ta’minlovchi
ustuvor loyihalarni amalga oshirilishida;
- xom ashyo va materiallarni qayta ishlashga, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish
va xizmatlar ko’rsatishga, aholini ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan kichik
tadbirkorlik sohasidagi loyihalarni investitsiyalashning amalga oshirilishida.
Bunda soliqlar, bojxona to’lovlari va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
qo’shimcha imtiyozlar xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga faqat aniq belgilangan muddatga beriladi va
muddatsiz tusda bo’lishi mumkin emas. Qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari
(imtiyozlar va preferentsiyalar) beriladigan chet ellik investorlar tomonidan
majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida investor bilan investitsiya
shartnomasi tuziladi. Investitsiya shartnomasi investitsiya faoliyati sub’ektlarining
investitsiya faoliyati ob’ektlariga nisbatan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini
belgilaydi. Investitsiya shartnomasi O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi orqali O’zbekiston Respublikasi Hukumati
hamda chet ellik investor (investorlar) o’rtasida tuziladi. Investitsiya shartnomasi
O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan chet ellik investorga qonun
hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari (imtiyozlar
va preferentsiyalar) berilgan taqdirda majburiy tartibda tuziladi. Bunday kafolatlar va
himoya choralari (imtiyozlar va preferentsiyalar) O’zbekiston Respublikasi Hukumati
kafolatlari berishni, maxsus bojxona, soliq va to’lov rejimi yaratishni, loyihalarni
amalga
oshirish
davlat
monitoringini
yuritishni,
investitsiya
loyihalarini
moliyalashtirishga ko’maklashishni, investitsiya dasturiga kiritishni yoki O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi
mumkin.
Investitsiya shartnomasida quyidagilar ko’rsatilishi kerak:
-investitsiyalar ob’ekti va hajmi;
-investitsiya shartnomasining amal qilish muddati va shartlari;
-investorning, shu jumladan investitsiyalash hajmi, ishlab chiqarishning
muayyan hajmini ta’minlash, mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va
sifatining kafolatlangan darajasi, o’zi ishlab chiqargan tovarlar eksporti va
ko’rsatadigan xizmatlari hajmi, O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostida
jalb etiladigan kreditlarning qaytarilishini ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlariga, mehnat
52
qonunchiligiga va texnika xavfsizligiga rioya qilish, ishlab chiqarish faoliyatining
boshqa sohalari bo’yicha huquq va majburiyatlari;
-O’zbekiston Respublikasi Hukumatining, shu jumladan qonun hujjatlarida
belgilanganlarga qo’shimcha kafolatlar va himoya choralari berish bo’yicha huquq va
majburiyatlari;
-loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, pudrat ishlariga shartnomalar tuzish
muddatlari, moliyalashtirish manbalari, loyihani amalga oshirish jadvallari,
investitsiya loyihasining amalga oshirilishini texnik nazorat qilish tartibi to’g’risidagi
axborotlar;
-chet ellik investor tomonidan uning majburiyatlari ijrosi to’g’risidagi
hisobotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari;
-tomonlarning investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilmaganligi uchun
javobgarligi;
-o’zgartirishlar kiritish tartibi;
-investitsiya shartnomasining amal qilishini to’xtatish tartibi;
-investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi va ko’rib
chiqish joyi.
Investitsiya shartnomasida investitsiya loyihasi xususiyatiga qarab boshqa
shartlar, shu jumladan:
-tomonlarning mintaqaning ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini
rivojlantirish bo’yicha o’zaro majburiyatlari;
-investorning shartnomani bajarish natijasida o’ziga tegishli mahsulotni va
olingan foydani (daromadlarni) O’zbekiston Respublikasidan chetga chiqarish
huquqi;
-chet ellik investorning O’zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari bo’lgan
xodimlarni yollash va o’qitish bo’yicha majburiyatlari, texnologiyalardan foydalanish
shartlari,
shuningdek
investorning
investitsiya
loyihasini
amalga
oshirish
tugallangandan keyin tashkil etilgan tashkilotning xodimlarini o’qitish bo’yicha
majburiyatlari ham bo’lishi mumkin.
Chet ellik investor investitsiya shartnomasini tayyorlash uchun O’zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga
quyidagilarni taqdim etadi:
-investitsiya shartnomasining loyihasi;
-qonun hujjatlarida belgilangan hollarda vakolatli organlarda ekspertizadan
o’tkazilgan texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash) negizida bajarilgan
asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar;
-investitsiya shartnomasi loyihasining huquqiy ekspertizasi yuzasidan - Adliya
vazirligining xulosasi;
-chet ellik investorlarga va (yoki) tashkil etiladigan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonaga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo’shimcha ravishda
soliq solish bo’yicha imtiyozlar va preferentsiyalar berish yuzasidan - Moliya
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qo’mitasi xulosalari.
Zarurat bo’lganda, O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar,
53
investitsiyalar va savdo vazirligi chet ellik investordan investitsiya shartnomasi
loyihasini baholash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha materiallarni so’rab olishi
mumkin. Chet ellik investor tomonidan taqdim etilgan investitsiya shartnomasi
loyihasi va boshqa materiallar investitsiya shartnomasi loyihasi olingan kundan
boshlab o’n to’rt ish kuni mobaynida vakolatli organlar tomonidan ko’rib chiqiladi.
Zarurat bo’lgan taqdirda, investitsiya shartnomasi qoidalarini kelishib olish
maqsadida O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va
savdo vazirligi hamda chet ellik investor (investorlar) o’rtasida muzokaralar
o’tkaziladi. Chet ellik investor hamda O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan imzolangan investitsiya
shartnomasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uni tasdiqlash to’g’risida Hukumat
qarorini qabul qilish uchun kiritiladi. Agar investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy
asoslashi (texnik-iqtisodiy hisobi) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan tasdiqlanishi kerak bo’lsa investitsiya shartnomasini tasdiqlash
to’g’risidagi tegishli band investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslashi
(texnik-iqtisodiy hisobi)ni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori loyihasiga kiritilishi
mumkin. Agar investitsiya shartnomasida soliq hamda bojxona imtiyozlari va
preferentsiyalari berish nazarda tutilsa bunday shartnoma qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Chet ellik investor bilan investitsiya shartnomasi
agar ushbu qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, uni tasdiqlash
to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi. Chet ellik investor
investitsiya shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda O’zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga (TIAISV)
qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishi to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.
54
|