chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy
omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini
ta’minlaydi.
Bu, o’z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki
O’zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qara
tilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish
hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa
— xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyaviy kreditlarni jalb etish
evaziga iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizatsiyalash, uni texnik
va texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat.
Ma’lumki, xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish va
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuqori likvidli raqobatbardosh
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish,
iqtisodiyotning
real
sektorini
jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish imkonini beradi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’tgan 2009 yilda Prezidentimiz qarorlari
asosida respublikada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va
dasturlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etildi.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va
mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi
tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir
ko’rsatmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish muhimligini e’tirof etish barobarida
uning iqtisodiy mohiyatini anglab etish maqsadga muvofiqdir.
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida
Dostları ilə paylaş: