A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

5.2.1-chizma
O’zbekiston Respublikasining tuzilmaviy investitsiya siyosati
Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya
siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati -
investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda
samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar
majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini
ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi
ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan
qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Davlat tuzilmaviy investitsiya siyosatida yangi
tarmoqlarni tashkil etish va rivojlantirish, aholining iste’mol tovarlari, ish joylarga
bo’lgan talabini qisqa vaqt ichida yuqori darajada ta’minlashga erishish yo’lida
quyidagi vazifalarga amal qilmoqda:
-eskirgan ishlab chiqarishlarni sekin-asta muomaladan chiqarib tashlash;
-mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash;
-to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan va talabga mos holda ishlab chiqarish
tuzilmalarini yaratish;
-ishlab chiqarish resurslaridan va ilmiy-texnika salohiyatidan imkon qadar
yuqori darajada foydalanishni ta’minlash;
-mamlakatning ekologik va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash va uni
kuchaytirish;
-samarali, raqobatga asoslangan ishlab chiqarishlar, bozor infratuzilmasi, xizmat
ko’rsatish soxasi va intellektual faoliyatlar rivojlanishini uyg’unlashtirish;
61
Тузилмавий инвестиция сиёсати


-iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish va yangi tarmoqlarni barpo
etish;
-aholining ish bilan bandligini va hamda iqtisodiy faolligini oshirish;
-hududlar ijtimoiy infratuzilmasini to’liq shakllantirish.
Tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib borishda muhim strategiyalar ishlab
chiqarilgan bo’lib, ularning mohiyati kichik iqtisodiy sub’ektlar rivojlanishini
qo’llab-quvvatlashdan
iborat.
Mazkur
ishlarni
amalga
oshirishda
xorijiy
investitsiyalarni jalb etish muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda siyosiy
barqarorlik, investitsiya muhitini juda qulayligi xorijiy investorlar uzoq muddatli
investitsiya loyihalarini tuzishda asos bo’lmoqda. Bundan tashqari, jalb etilgan chet
el investitsiyalar va kreditlar uchun kafolatlar taqdim etish, soliq va bojxona ta’riflari
bo’yicha imtiyozlar, zayom va foiz stavkalarini subsidiyalash kabi shart-sharoitlar
yaratilmoqda, o’nlab qonuniy hujjatlar amal qilmoqda.
O’zbekistonda
amalga
oshirilayotgan
investitsiya
siyosatining
asosiy
yunalishlari orasida kuyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin:
-investitsiya jalb qilish uchun xalqaro me’yorlar va konventsiyalarga mos
keladigan, sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan
huquqiy shart-sharoitlarni yaratishga intilish;
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va
iqtisodiyotning zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan
investorlar
uchun
ochiq
eshiklar
siyosatini
izchillik
bilan amalga oshirish;
-ishlab chiqarish bilan bog’liq investitsiyalarni kiritishga ko’maklashish;
-mamlakatning kredit qobiliyatini qo’llab-quvvatlash;
-mamlakatning ayrim mintaqalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini
hal qilishga qaratilgan investitsiyalarni kiritishga yordam berish.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin