A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Kontsessiya shartnomalari
- bu tabiiy boyliklarni, ayrim foydali qazilmalarni
qazib olish va o’zlashtirish uchun tuzilgan shartnomalardir.
Lizing shartnomasi chet el investitsiyalari ishtirokida asbob - uskunalarni,
texnika - texnologiyalarni uzoq muddatga ijaraga olishdir.
Tenderlar
– bu tanlov asosida investorlarning investitsiya loyihalarini
moliyalashtirishga jalb etilishidir.
63
Улуши қўшилиб
қатнашиши орқали
қўшма
корхоналарни
ташкил этиш
100% мол - мулк
хорижий
инвесторларга
тегишли бўлган
хорижий
корхоналарни
ташкил этиш


Erkin iqtisodiy hudud
- bu ma’lum hududda chet el investitsiyalari erkin kirib
kelishi va ularga nisbatan qator imtiyozlar belgilangan hududdir. O’zbekiston
Respublikasining "Erkin iqtisodiyot hududlar to’g’risida"gi Qonunida erkin iqtisodiy
hududga quyidagicha ta’rif berilgan: "Erkin iqtisodiy hududlar - mintaqani jadal
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli
texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq
belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo’lgan maxsus
ajratilgan hududdir". Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish jarayonida davlat
qo’llab-quvvatlovchi, rag’batlantiruvchi hamda nazorat qiluvchi sifatida bosh
islohotchi bo’lishi lozim. Davlatning bosh islohotchi sifatida qatnashishi xorijiy
tajribasida aniq namoyon bo’ladi, masalan, Xitoy hukumati 1 dollar chet el
investitsiyalarini jalb etish uchun 4 dollar o’z mablag’larini safarbar etgan. Natijada,
milliy va asosan, xorijiy investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu
esa o’z navbatida, mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo’lib xizmat qildi.
Rossiyada yaratilgan erkin iqtisodiy hududlarga Naxodka, Kaliningrad viloyati,
Sankt-Peterburg shahri va boshqalar kiradi. Qozog’istondagi birinchi erkin iqtisodiy
hududlar 1991 yilda paydo bo’lgan. Bular: Jezqozg’on viloyatdagi “Jayren-Atasu”,
Kostanay viloyatdagi “Lisakov” va Olmaota shahardagi “Otakent” erkin iqtisodiy
hududlaridir.
2009 yilda Navoiy viloyatida tashkil etilayotgan erkin industrial-iqtisodiy
zonaning asosiy ob’ektlaridan biri sifatida Navoiy shahri aeroporti bazasida xalqaro
tashishlar bo’yicha intermodal markaz qurilishi yuzasidan katta ishlar amalga
oshirildi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin