A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi –



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasi –
jahon standartlariga javob beradigan
va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan,
zamonaviy yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etish
bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek Navoiy viloyatining sanoat
salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini
rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 3
dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish
to’g’risida»gi qarori asosida tashkil etilgan. Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zona
hududida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi – zamonaviy
xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar,
innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon
bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab chiqarishdan iborat.
O’tgan yil mobaynida «Korean Eyr» kompaniyasidan milliy aviakompaniyamiz
ijaraga olgan zamonaviy transport samolyotlari bilan ushbu aeroportdan xalqaro
yo’nalishlar bo’yicha 330 dan ortiq reys amalga oshirildi va qariyb 8,5 ming tonna
yuk tashildi. Bu Navoiy shahri aeroportini global logistika tarmog’iga
integratsiyalash imkonini berdi.
Moliyaviy aktivlar
- bu qimmatli kog’ozlar bo’lib, u chet el kapitalini jalb etish,
chet el kreditlarini olish va chet el kapitalini bank depozitlariga jalb etish uchun
emissiya qilinadi.
Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va chet el investitsiyasini faol jalb etish
64


uchun, nafaqat, hududlar balki, tarmoqlarda, shuningdek, investitsiya faoliyatining
sub’ekti va ob’ektlarida ham investitsion jozibadorlik reytinglarini tahlil etib,
hisoblab chiqish muvofiq hisblanadi.
Rivojlangan
mamlakatlar
xalqaro
kapital
harakatini,
asosan,
kapital
eksporti-importini milliy va xalqaro darajada rag’batlantirish orqali amalga
oshiradilar. Kapitalning qarzlar, portfel investitsiyalar va boshqalar shaklida harakat
qilishi borasidagi davlat siyosati uning harakatidagi barcha cheklashlarni olib tashlash
maqsadida olib boriladi. Barcha xorijiy investitsiyalargarga nisbatan davlat har
qanday cheklashlarni amalga oshirish huquqini o’z zimmasida qoldiradi, chunki bu
milliy iqtisodiy havfsizlik bilan bog’liq. Shunisi harakterliki, kapitalni chetga
chiqarish uni jalb qilishga nisbatan kam darajada tartibga solinib turiladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin