A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

5.5. O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy
investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak
bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay
investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish
tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning
umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari
majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va
joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish
sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining
ko’tarilishi va butun infratuzilmasining rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va
investitsiya
dasturiga
bog’liq.
Investitsiya
dasturi
davlatning
investitsiya
mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun
safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining
bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari
amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor
bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil
etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el
investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo
qilish, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li
bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy
tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq, samarador va hayotiy rioya
qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investitsiya dasturi xorijiy
investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish
respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak.
67


Xorijiy investitsiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya’ni
xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo’lgan tovarlar eksportidan
yuqori bo’lganda paydo bo’ladi.
Davlat investitsiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo’lib xizmat
kilishi kerak – ijtimoiy siyosat nuqtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Investitsiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investitsiya dasturi (mablag’larni
noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida
ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki (fan va texnika yutuqlarini tatbiq
qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi (xorijiy investitsiyalar-texnik tarkibi va
xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki
investitsiya dasturi ham tashqi investitsiya dasturi ham investitsiyalashning turli
manbalaridan turli shakllardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi.
Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish –
investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional
investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga
solishning ikki vositasi mavjud: milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy. Davlatning
tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay
huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy huquqiy tartibot, milliy huquqiy
shakllar va normalardan (konunlar va boshka me’yoriy aktlar) hamda
xalqaro-huquqiy tartibot, xalqaro-huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko’p
tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning
barchasida ham ichki, ham tashqi investitsiya siyosatlari hisobga olinishi shart.
Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy
vazifasi davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni
tashkil etish uchun investitsiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat
yuritishidan iborat. Investitsiya faoliyati (ingl. investment activity) – bu investitsiya
kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy
harakatlarning yig’indisidir.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari
sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy)
investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi.
Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalga oshirish bilan
bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Investitsiya dasturi tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida
alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar-pul munosabatlarida
uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o’z-o’zini boshqaruvchi iqtisodiyot
sharoitida investitsiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
Investitsion loyihalarning manziliy dasturi har yili ishlab chiqilib, moliyalashning
asosiy manbalari asosida investitsion loyihalarning kerakli ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Investitsion loyihalarning manzilli dasturiga kiritishning zarur shartlari mavjud:
- texnik - iqtisodiy asoslarning mavjudligi;
- shartnomada
ko’rsatilgan
kreditlarning
vaqtida
qoplanganligi
va
moliyalashtirish manbalari tasdig’ining mavjudligi ham zarur.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 420-sonli “O’zbekiston
Respublikasi investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha
68


me’yoriy huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ishlab chiqildi. Unga
ko’ra O’zbekiston Respublikasi investitsion dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini
prognozlashning muhim qismi bo’lib davlat investitsiya siyosatining asosiy
yo’nalishlarini aks ettiradi. Dasturning asosiy maqsadi bo’lib, O’zbekiston
iqtisodiyotini dinamik rivojlanishiga, O’zbekiston iqtisodiyotning zarur strukturaviy
o’zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar asosida
jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyasi, tabiiy mineral xom ashyo, moliyaviy,
moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hisoblanadi.
Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari yordamida prognoz qilish;
- muhim investitsion takliflarning taqqoslama ro’yxati;
- investitsion loyihalarning manzilli dasturi.
Dastur quyidagilarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar
prognozini o’z ichiga oladi:
- tabiiy mineral xom ashyo moliyaviy moddiy va mehnat resurslaridan
foydalanishning samarasini oshirish;
- davlat byudjeti respublikaning ichki va tashqi qarzdorligi bilan bog’liqligi;
- moliyaviy mablag’lar bilan tasdiqlangan ob’ektlarni va kreditlar qaytarilishi,
shuningdek, qurilish va qurish materiallari sanoatidagi kuchlarning balanslashtirishni
kiritish;
- iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan yangi korxonalarni joylashtirish va
regionlarning kompleks rivojlanishini hisobga olgan holda faoliyat yurituvchi
korxonalarda qo’shimcha kuchlarni yaratish hamda ishlab chiqarish, noishlab
chiqarish infrastrukturasidagi va mehnat resurslaridagi tabiiy boyliklardan oqilona
foydalanish.
O’zbekiston Respublikasida investitsiya dasturining moliyalashtirishda asosan
xorijiy investitsiyalar katta o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda
investitsiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan
iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va
texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va
ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi
Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda investitsiyalarni jalb etishda avvalo
ichki manbalarni safarbar etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu yangi ishlab
chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yanada
kengaytirishda investorlarning o’z moliyaviy resurslari – korxona foydasi,
amortizatsiya ajratmalari, pul jamg’armalari va boshqalardan kengroq foydalanish
zarurligini anglatadi. Chunki, ichki manbalarning to’liq safarbar etilishi, bir
tomondan, mavjud iqtisodiy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlasa,
boshqa tomondan, investitsiyalarning samaradorligini oshiradi.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish
maqsadida

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin