A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


O’zbekiston Respublikasiga jalb etilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

O’zbekiston Respublikasiga jalb etilgan to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar
(mln.AQSh dol.)
79


96,5
80,1
166,7
333,8
545,5
683,8
768,4
1258
2264
0
500
1000
1500
2000
2500
2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007 2008 2009
Тў?ридан-тў?ри киритилган инвестициялар
6.3.1-chizma
Chizmadan ko’rinib turibdiki, mamalkatimiz iqtisodiyotiga jalb qilinayotgan
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. 2009 yilda
to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni hajmi 2264 mln.AQSh.dol.tashkil etdi. Bu
ko’rsatkich 2008 yilga nisbatan 1,8 barobarga ortgan. Bunday o’zgarish albatta
to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag’batlantirish
borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasidir.
2005
yilning
1
iyulidan
boshlab
to’g’ridan-to’g’ri
xususiy
xorijiy
investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati
bo’yicha daromad (foyda) solig’i, mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig’i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun
belgilangan yagona soliq to’lovi to’lashdan to’lashdan ozod qilinadi.
To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar hajmi quyidagicha bo’lganda
mazkur soliq imtiyozlari beriladi:
1) 300 ming AQSh dollaridan 3 million AQSh dollarigacha - 3 yil muddatga;
2) 3 milliondan AQSh dollaridan 10 million AQSh dollarigacha - 5 yil
muddatga;
3) 10 million AQSh dollaridan ortiq bo’lganda - 7 yil muddatga.
80


Soliq imtiyozlari quyidagi shartlar asosida qo’llanilishi mumkin:
-
mazkur korxonalarni ortiqcha ishchi kuchi bo’lgan mintaqalar- Qoraqalpog’iston
Respublikasi,
Jizzax,
Qashqadaryo,
Sirdaryo,
Surxondaryo,
Xorazm
viloyatlarida,
shuningdek
Navoiy,
Andijon,
Namangan
va
Farg’ona
viloyatlarining qishloq aholi punktlarida joylashtirish;
-
xorijiy investorlar tomonidan to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni
O’zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirish;
-
korxonaning nizom jamg’armasida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50
foizni tashkil etishi lozim;
-
ushbu korxonalar davlat ro’yxatidan o’tkazilgandan keyin to’g’ridan-to’g’ri
xususiy xorijiy investitsiyalarni kiritish;
-
xorijiy investitsiyalarni erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy
texnologik uskuna tarzida qo’yish;
-
mazkur imtiyozlarni qo’llanish muddati davomida imtiyozlardan olingan
daromadni korxonani yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga
yo’naltirish.
Imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan keyin bir
yil barvaqtroq faoliyatini to’xtatgan taqdirda foydani o’z mamlakatiga o’tkazish va
xorijiy investorning kapitalini chet elga olib chiqib ketish faqat berilgan imtiyozlar
summasini byudjetga qaytargandan keyin amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularni himoya qilish choralari to’g’risida"gi qonuni 3-moddasining to’rtinchi
qismida xorijiy investorlar uchun belgilangan kafolatlar quyidagi hollarda
qo’llanilishi mumkin:
-xorijiy investorlarga to’lanadigan, dividend tarzida olinadigan daromadlarga
soliq miqdori (stavkalari) ko’payishi;
-xorijiy investorning chet elga o’tkaziladigan daromadlari (foydasi)ni o’z
mamlakatiga qaytarish tartibotini murakkablashtiruvchi yoki ularning miqdorini
kamaytiruvchi qo’shimcha talablar joriy etilishi, bunda davlat xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonaning to’lovga qobiliyatsizligi va bankrotligi yoki kredit
beruvchilarning huquqlarini himoya qilish, xorijiy investor - jismoniy shaxs sodir
etgan jinoiy qilmish yoki ma’muriy huquqbuzarlik hollarida yoxud sud yoki
hakamlikning qaroriga muvofiq daromad (foyda)ni o’z mamlakatiga qaytarishni
to’xtatib turishning boshqa zarurati bo’lganda xorijiy investor mablag’larini qonun
hujjatlarini kamsitmaydigan tarzda qo’llash shartlari asosida o’z mamlakatiga
qaytarilishini to’xtatib turish hollari mustasno;
-investitsiyalarning miqdori bo’yicha investitsiyalash hajmlariga miqdoriy
cheklashlar hamda boshqa qo’shimcha talablar, shu jumladan xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarda xorijiy investitsiyalarning minimal miqdorini ko’paytirish
tarzidagi talablar joriy etilishi;
-respublika korxonalarining nizom jamg’armalarida xorijiy investorning ulush
bilan ishtirok etishi bo’yicha cheklashlar joriy etilishi;
-xorijiy investorlarning vizalarini rasmiylashtirish va uzaytirish borasidagi
qo’shimcha tartibotlar, shuningdek xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha
boshqa qo’shimcha talablar joriy etilishi.
81


To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar
joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari quyidagilar hisoblanadi:
1. Radioelektronika sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi
butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
2. Engil sanoat:
-tayyor ip gazlama va jun gazlamalar ishlab chiqarish;
-tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va to’qimachilik galantereyasi
ishlab chiqarish;
-terini qayta ishlash; poyabzal, tayyor ko’n-galantereya buyumlari ishlab
chiqarish.
3. Ipakchilik sanoati:
-shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
4. Qurilish materiallari sanoati:
-O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 martdagi PF 358-sonli
Farmoni 1a-ilovasida ko’rsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab
chiqarish.
5. Parranda go’shti va tuxumni sanoat miqyosida etishtirish.
6. Oziq-ovqat sanoati:
-mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari
bundan mustasno).
7. Go’sht-sut sanoati:
-go’sht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog’ ishlab
chiqarish.
8. Kimyo-farmatsevtika sanoati:
-dori-darmon vositalari ishlab chiqarish;
-sintetik kir yuvish vositalari, maishiy kimyo tovarlari ishlab chiqarish.
Prezidentimizning mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun o’ta muhim bo’lgan
«To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3594-son Farmoni ishlab
chiqarish sohalariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyani jalb etish, yurtimizning
eksport salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilish
bilan bir qatorda, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida qo’yilgan yana bir muhim
qadamdir.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin