investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli
huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Farmonning ahamiyatli
tomoni shundaki, u xususiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan. Farmonda xorijiy
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni har tomonlama qulay, ortiqcha ishchi
kuchiga ega bo’lgan bir qator viloyatlarning qishloq aholi punktlarida
joylashtirilishining belgilanishi mamlakatimizda bandlik masalalarini ijobiy hal
etishga qaratilgan. Huquqiy kafolatlarning aniq va oddiyligi sarmoyadorlarning
investitsiya kiritish haqida qaror qabul qilishini tezlashtirish bilan birga, ularga
mavjud xatarlarni ham baholash imkoniyatini yaratadi. Davlatimiz iqtisodiy siyosati
ko’proq to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni jalb etishga va uni rag’batlantirishga
qaratilganligi bois, turli shakldagi investitsiyalar oqimi yildan-yilga oshib bormoqda.
O’z navbatida, respublika mintaqalaridagi boy mineral-xom ashyo resurslari, etarli
miqdordagi malakali ishchi kuchlari, toza atrof-muhit, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorlik kabi omillar shubhasiz xorijiy investitsiyalar oqimining yanada
ko’payishiga, respublika mintaqalarida faoliyat yuritadigan korxonalar rivojiga
xizmat qiladi.
Mamlakatimiz hududlarida bugungi kunda to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy
investitsiyalarni jalb etish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi qo’shma
korxonalarning tashkil etilishini ayrim viloyatlar misolda ko’rish mumkin.
Yurtimizning aholisi ko’p bo’lgan viloyatlari va qishloq aholi punktlarida
to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar asosida xorijiy investitsiyali
korxonalar
tashkil
qilingan
bo’lib,
farmonda
keltirilgan
imtiyozlardan
foydalanmoqdalar. Xususan, Farmonda keltirilgan shartlar asosida 10 ta korxona
daromad (foyda) solig’i, mol-mulk solig’i, obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig’i, va (yoki) yagona soliq to’lovi to’lashdan ozod
qilingan. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasidagi «Yuniver» qo’shma
korxonasi, «To’rtko’lteks» qo’shma korxonasi, Andijon viloyatida «Oltinko’l
Tekstil» qo’shma korxonasi, Namangan viloyatidagi «Marmar-F» qo’shma
korxonasi, Sirdaryo viloyatidagi «Lola Model» qo’shma korxonasi, Surxondaryo
viloyatidagi «Surxonteks» qo’shma korxonasi hamda Xorazm viloyatidagi «Urgench
yog’» qo’shma korxonasi shular jumlasidandir. Shuningdek, Farg’ona viloyatining
qishloq aholi punktlarida to’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalar jalb qilinib,
yangi qo’shma korxonalar tashkil qilingan, masalan «Molochnaya Dolina»,
«Unimobile» va «Aziya Paints Keramik» qo’shma korxonalari Farmonda keltirilgan
imtiyozlardan foydalanmoqdalar.
Mamlakatimizga bu tarzda sarmoya oqib kelayotgani esa xorijiy investorlar,
ya’ni chet ellik sheriklarimiz respublikamizda amalga oshirilayotgan bozor
islohotlarining to’g’riligi hamda samaradorligini tan olgani, ularning biz bilan
hamkorlik qilishga tayyor ekanining yana bir tasdig’idir.
Dostları ilə paylaş: