Qisqacha xulosalar 1.Xorijiy investitsiyalar O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ko’lamini
kengaytirish, eksport hajmini oshirishga imkon yaratayotganligiga amin bo’lish
mumkin.
2.Rivojlangan mamlakatlar orasida chet el investitsiyalarini o’z milliy
iqtisodiyotiga jalb etishning raqobat shakli yildan-yilga kuchayib bormoqda. Shu
bois, chet ellik investorlarga yaratilgan qulaylik qaysi davlatda ustun darajada bo’lsa,
ya’ni foyda olish ehtimoli kattaroq bo’lsa, tabiiyki, ularning aynan o’sha davlat
82
iqtisodiyotiga sarmoya kiritishga qiziqishi ortadi. Bu esa, bozor iqtisodiyotining
nisbiy samaradorlik qonuniga mos keluvchi echim hisoblanadi, ya’ni qaerda samara
(foyda) olish imkoniyati nisbatan yuqori bo’lsa, tadbirkorlar o’sha erdagi bozorga
ko’proq intiladi.
3.Prezidentimizning mamlakat iqtisodiyoti rivoji uchun o’ta muhim bo’lgan
«To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3594-son Farmoni ishlab
chiqarish sohalariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyani jalb etish, yurtimizning
eksport salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim dasturilamal bo’lib xizmat qilish
bilan bir qatorda, iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida qo’yilgan yana bir muhim
qadamdir.
4.Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari -
respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom ashyo resurslarining
mavjudligi, qo’shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir.
Nazorat uchun savollar 1. Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi korxonalarga qanday imtiyozlar belgilangan?
2. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida
mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay
investitsiya muhitini yaratish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini
amalga oshirishda qaysi tamoyillarga asoslanildi?
3. O’zbekistonda xorijiy investorlar qonuniy faoliyat natijasida olgan foydalari va
boshqa daromadlarini istalgancha chet davlatga o’tkazishi mumkinmi?
4. Qo’shma korxonalarning tashkil etishning ahamiyati qanday?
5. Xorijiy investorlar bilan qo’shma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga
qanday ijobiy o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi?
6. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2005
yil
11
apreldagi
“To’g’ridan-to’g’ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” farmonining mohiyatini yoritib
bering.
7. Imtiyoz olgan korxonalar shunday imtiyoz berilgan muddat tugashidan bir yil
barvaqtroq faoliyatini to’xtatgan taqdirda foydani o’z mamlakatiga o’tkazishi
mumkinmi?
8. O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari
va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi qonun asosida xorijiy investorlar
qanday kafolatlarga ega bo’ladilar?
83