Respublikaga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi 7.1.2-rasm. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2007
yil
6 fevraldagi 578-sonli Qaroriga muvofiq xorijiy investitsiyalarni axborot bilan
ta’minlash va ko’maklashish «O’zinfoinvest» agentligi xorijiy investorlarga axborot
bilan qo’llab-quvvatlash hamda har taraflama ko’maklashish maqsadida tashkil
etilgan. Agentlik Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
huzuridagi yuridik shaxs xuquqlariga ega bo’lgan mustaqil muassasadir.
«O’zinfoinvest» agentligi 3 ta yo’nalish bo’yicha xorijiy investitsiyalarni jalb
etadi:
1) to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar:
- davlat investitsiya dasturi yig’ma ro’yxati loyihalari;
- hududiy investitsiya dasturi loyihalari;
- davlat kafolati ostida imtiyozli kredit mablag’larini jalb etish yig’ma ro’yxati;
- grant mablag’lari.
2) korxonalarning aktsiyalar paketini istiqbolli xorijiy investorlarga taklif etish;
3) kimoshdi savdolariga mulkiy majmua sifatida qo’yilgan korxonalarni
istiqbolli xorijiy investorlarga taklif etish.
Shuning
bilan
birga
«O’zinfoinvest»
agentligi
mahalliy
tadbirkorlik
sub’ektlariga xorijiy investorlarni topish, ularni O’zbekistonga taklif qilib
muzokaralar tashkil etishga ko’maklashish, investorlarga respublika investitsion
salohiyati, shuningdek soliq va qonunchilikdagi boshqa imtiyozlar to’g’risida
ma’lumot beradi.
7.2.O’zbekiston iqtisodiyotini jalb qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlari O’zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investorlar sarmoyalarini jalb qilishga
quyidagi shart-sharoitlar mavjuddir:
-
chet ellik hamkorlarni jalb etish uchun soliq va bojxona imtiyozlari;
88
Лойиҳа ташаббускори Иқтисодиёт вазирлиги