omil yaratadi. Natijada o’rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda importdan himoya
qilingan tarmoqlarning nisbatan raqobatbardoshlik qobiliyati pasayib ketadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va investorlarga barqaror sharoit va
qo’llab–quvvatlashni ta’minlab beradigan, odilona raqobatga rivojlanishiga yordam
beradigan va suiste’molning olidini oladigan qulay sharoitni yaratish eksportni
rivojlantirish va diversifikatsiya qilish va oqibatda iqtisodiy o’sishning zarur sharti
hisoblanadi.
O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash
borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini
yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror
o’stirish imkonini bermoqda (8.1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: