sohalarida shu jumladan, sug’urta sohasida ham chuqur islohotlar amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuniga kiritilgan
o’zgartirish va qo’shimchalar hamda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007
yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi va 2008 yil 21 maydagi 872-sonli
“Sug’urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qarorlari, sug’urta, sug’urta faoliyati va sug’urta
nazoratining qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazasini yanada takomillashtirishning
yaqqol misoldir.
Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug’urtasi va
hayotni uzoq muddatli sug’urtalash bo’yicha aholi va korxonalarning to’lagan
sug’urta mukofotlari ularning daromad solig’i bazasidan chiqarilishi belgilandi, bu
bilan shaxsiy sug’urtani va avvalo jamg’arib boriladigan sug’urta turlarini
rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda O’zbekistonda 29 ta sug’urta
kompaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug’urta kompaniyalaridan 4 tasi
davlat ulushiga ega sug’urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “O’zbekinvest”
EIMSK, “O’zagrosug’urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug’urta
agentligidir. “O’zbekinvest hayot” sug’urta kompaniyasi hayot sug’urtasi sohasida
faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug’urta faoliyatini amalga oshiruvchi
“Transinshurans” sug’urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug’urta kompaniyasi
umumiy sug’urta sohasida faoliyat yuritmoqda.
Yalpi sug’urta mukofotlari hajmining yalpi milliy mahsulotdagi ulushi, sug’urta
bozori rivojlanishini ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Ushbu ko’rsatkich oxirgi yillarda 0,3% atrofidagi barqarorlikka erishdi, bu mahalliy
sug’urtalovchilar tomonidan sug’urta xizmatlariga bo’lgan to’lovga qobil talabning
to’liq qondirilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, shuni ta’kidlab utish joizki
O’zbekistonda sug’urtalash va qayta sug’urtalash faoliyati yuqori o’sish sur’atlarini
saqlab turibdi va sug’urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyati kundan kunga oshib
bormoqda.
Dostları ilə paylaş: