A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


 O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash masalalari



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

9.3. O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlarni qo’llash masalalari
Xalqaro kafolatlar tovarlar va kapitallar harakatini uzluksiz va doimiy harakat
kilinishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro kafolatlar import qiluvchilarni sifatsiz
tovarlar qabul qilishdan, eksport qiluvchilarni esa tovarlar haqini ololmay qolish
xavfidan saqlaydi.
Xalqaro kafolatlar xalqaro operatsiyalarning barcha asosiy turlarida
qo’llaniladi. Jumladan, bularga:
-xalqaro kreditlar bo’yicha beriladigan kafolatlar;
-eksport-import operatsiyalari bo’yicha beriladigan kafolatlar;
-to’g’ri va portfelli investitsiyalar bo’yicha beriladigan kafolatlarni kiritish
mumkin.
Xalqaro kafolatlar markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat
va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlar banklar va boshka
110


kafolat beruvchi tashkilotlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi, ammo bular
yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi.
Xalqaro kafolatlarda uchinchi bir tomonning ishtirok etishi shartdir. Aynan
mana shu kafolat beruvchi tomonning to’lovga layoqatliligi asosiy masala bo’lib
hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro miqyosda tan olingan sub’ektlar tomonidan
beriladi.
Xalqaro kafolatlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:
To’g’ri kafolat - bu kafolat beruvchi tomonning bevosita eksport-import
operatsiyalari uchun beradigan kafolatidir. Bunda mazkur to’lov bo’yicha
majburiyatlarni
to’liq
o’z
zimmasiga
oladi.
Bunday
kafolatlar
to’lov 
talabnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha
hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi.
Vositalashgan kafolatlarda kafolat beruvchi o’ziga xos tarzda vositachilik
vazifasini o’taydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.
Tasdiqlangan kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon
bo’ladi. Masalan, bank o’z mijozi bo’lgan import qiluvchining to’lov majburiyatlari
bo’yicha kafolat bergan bo’lsa, eksport qiluvchining banki ham ushbu kafolatlar
bo’yicha majburiyatni o’z zimmasiga oladi. Bu esa mavjud kafolatlarni tasdiqlash
yo’li bilan amalga oshiriladi.
Xalqaro kafolatlarning yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud:
1.To’lov bo’yicha berilgan kafolatlar.
2.Sifatli mahsulotlar etkazib berish bo’yicha berilgan kafolatlar (jarima, qo’shimcha
xarajatlar).
O’zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlardan foydalanish masalasi eng
dolzarb
masalalardan
biri
bo’lib
turibdi.
Respublikada
katta
summada
moliyalashtirilayotgan loyihalarning aksariyatida davlat ulushining ko’pligi sababli,
xalqaro kafolatlarni ishlatuvchi sub’ekt hukumatdir. Bunday yirik loyihalarga
Ko’kdumaloq neft majmuini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Olinayotgan xalqaro kreditlarning asosiy qismi O’zbekiston Respublikasi
hukumatining kafolati bilan olinmokda. Xalqaro kafolatlarni berishda tijorat
tuzilmalari va banklarning ahamiyati kattadir. O’zbekiston Respublikasida xalqaro
kafolatlar o’rnini bosuvchi majburiyatlarni pul mablag’lari bilan ta’minlash tizimi
keng qo’llaniladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin