8.4. Xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyati O’zbekiston Respublikasida me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillashtirish,
xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini rag’batlantirish, kelgusida xorijiy kapitalni
jalb qilish, yangi qo’shma korxonalar yaratish uchun qulay iqtisodiy zaminni
shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar maqsadli yo’naltirilgan holda amalga
oshirilmoqda.
Korxonalarni
xususiylashtirishda
ishtirok
etish
imkoniyatlarini
kengaytirish, joriy xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertatsiyasini
joriy qilish, ayrim iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni
qo’shimcha qiymat solig’idan tashqari boshqa soliq to’lovlaridan ozod qilish,
shuningdek, bojxona tariflari yordamida tartibga solishni takomillashtirish
bo’yicha chora-tadbirlar xorijiy investitsiyali korxonalarning tashqi iqtisodiy
faoliyati va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining ijobiy o’zgarishlariga ta’sir
ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasida ko’plab korxona va birlashmalar, korporatsiya va
kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo
aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda, xorijlik investorlar ishtirokida yirik
investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xorijiy investitsiyali korxonalar ishlab chiqaruvchi mahsulotlar xalqaro
sifat
standartlari
talablariga
javob
bera
oladi.
“GM
O’zbekiston”,
“O’zKeysMash”, “O’zBAT”, “Doyche Kabel AG Tashkent”, “Green World”,
“Oqsaroy to’qimachi LTD”, “Xobas Tapo” va boshqa bir qator xorijiy
investitsiyali korxonalar o’z mahsulotlariga ISO 9001 standarti sertifikatlarini
olgan. Yaqin yillarda respublikamizda “Toshkentsut” AJ, “O’zgo’shtsutsanoat” va
Rossiya kompaniyasi
asosida
yaratilgan
“Vimm-
Bill-Dann-Markaziy
Osiyo-Toshkent” qo’shma korxonasida sut
mahsulotlari (sut, tvorog,
pishloq) ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan. Bu esa respublika ichki bozorini
ta’minlash va Qozog’iston, Xitoy va Turkiyaga sut mahsulotlari eksport qilish
imkonini beradi. Engil sanoatda ham xorijiy investitsiyali korxonalarning faoliyati
sezilarli
darajada
kengaytirilishi
rejalashtirilmoqdaTo’qimachilik tovarlari
eksporti 2 baravar o’sishi kutilmoqda. Loyihalarning asosiy hamkorlari
AQSh,
Germaniya,
Shveytsariya
va
Turkiya
mamlakatlaridir.
Xorijiy
investitsiyalarni jalb qilgan holda ustuvor loyihalarni amalga oshirish respublika
bozorini to’ldirishdan tashqari, yuqori sifatli mohsulotlarni ishlab chiqarish va
jahon bozorlariga eksport qilish imkonini beradi