etish, erkin iqtisodiy
hududlarni shakllantirish
negizida
tashqi
iqtisodiy
faoliyatni yanada rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi.
Hozirgi kunda respublikamizda importning o’rnini qoplash va eksportga
yo’naltirilgan
ishlab
chiqarishni
qo’llab – quvvatlash
dasturi
amalga
oshirilmoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy
sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga jadalroq jalb qilishga, ularga kafolat va
imtiyozlar berishga, litsenziyalar, “nou xau”lar sotib olishga, valyuta tushumlarini
kadrlarni tayyorlashga sarflashda erkinliklar berishga qaratilgan izchil siyosat
olib borilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini oshirish – ushbu sohadagi
boshqaruvni takomillashtirish, eng avvalo, sanoat yo’nalishidagi sub’ektlarini
boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan
bog’liqdir. Jahon andozalari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni
kengaytirish, ularning raqobatbardoshligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi.
Buning uchun sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar,
ayniqsa kichik va o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan
jihozlash talab qilinadi.
O’zbekistonda eksport faoliyatini qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozlar
berilgan bo’lib, ularning ayrimlari quydagilardan iborat:
·
sub’ekt o’zi ishlab chiqargan mahsulotni erkin almashtiriladigan valyutaga
sotadigan bo’lsa, unga akkreditivsiz eksport qilish huquqi beriladi;
·
tovar eksporti ichki bozor bahosidan past bahoda amalga oshirilganda
soliqqa tortish haqiqatda sotiladigan baho bo’yicha amalga oshiriladi;
·
eksportga chiqarilayotgan tovarlarning hajmi umumiy sotish hajmining 30
foizini yoki undan ortig’ini tashkil qilsa, daromad solig’ining miqdori ikki
martagacha qisqartiriladi;
·
MDHga mahsulot eksport qiladigan sub’ektlar 1998 yil 1 yanvardan
boshlab aktsiz solig’i va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadilar;
·
mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha ishlab chiqarish sub’ektlari chet
davlatlarda o’zlarining uylarini, vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Shu
bilan birga, ularga konsignatsiya shartlari asosida tovar etkazib berishlariga
ruxsat beriladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy sarmoyalarni jalb etish
uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, hamda zarur bo’lgan infrastrukturalarni
yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga, Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki,
Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik, “O’zbekinvest” eksport-import milliy
sug’urta kompaniyasini kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va muassasalarning
respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini tezlashtirishda, ustuvor
yo’nalishlarni aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va konsalting xizmatlari
ko’rsatishda beqiyos ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: