Xavdiza konlarida qo’rg’oshin, rux rudasi qazib olishni 2 barobarga oshirish
imkoniyati mavjud. Rangli metallurgiya sanoati bo’yicha eksport salohiyatini
yuksaltirishda asosiy muammolardan biri mineral xom ashyo zahiralaridan
foydalanishda zamonaviy uskunalarni chetdan keltirish xisoblanadi. Ayniqsa,
Toshkent va Navoiy viloyatlarida mavjud tarmoq korxonalarini ta’mirlash va texnik
qayta jihozlash asosida jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish
imkoniyati mavjud. Olmaliq va Qizilqumdagi mis rudasi zahiralari xom ashyosi
negizida turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatlari mavjudliga kelgusida
ushbu mahsulot eksportini oshirish imkoniyatini beradi. Mintaqalar eksport
salohiyatini kimyo sanoati bo’yicha oshirishda asosiy e’tibor mavjud kimyo qayta
ishlash korxonalarini ta’mirlashga qaratilmokda. Ayniqsa, Navoiy, Farg’ona,
Qashqadaryo, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog’iston
Respublikasi va Toshkent shahrida kulay shart-sharoitlar mavjud. Hozirda
mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan kaprolaktamning 70-80% qayta ishlovchi
vositalarni ishga tushirishda qo’llanilmoqda. Yaqin kelgusida kapron iplar ishlab
chiqaruvchi fabrikalarni qurish taxmin qilinmokda. Shuningdek, ko’pgina
mintaqalarda qisman mahalliy ehtiyoj uchun hamda eksportga yo’naltirilgan
mahsulotlar ishlab chiqarishga ixgisoslashgan engil sanoat korxonalarini qurish
mo’ljallanmoqda.
Mintaqalar bo’yicha mashinasozlik eksport salohiyatini oshirish masalasi chet el
investorlari va firmalarini keng jalb qilish asosida yangi tarmoqlarni rivojlantirish
mo’ljallanmokda. Davlat investitsiya dasturiga muvofiq, Andijon, Jizzax, Toshkent,
Samarqand, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida mashinasozlik majmuini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini, amalga oshirish bo’yicha aniq rejalar loyihasi
ishlab chiqilmoqda. 2009-2010 yillarda qayta ishlangan mahsulotlarni jahon bozoriga
olib chiqishda xorijiy sarmoyadorlar ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati ijobiy
ahamiyat kasb etishi kutilmoqda. Bu turdaga hamkorlik Toshkent shahri, Andijon,
Surxondaryo, Jizzax va Farg’ona viloyatlarida yanada rivoj topgan. Turkiya, Xitoy,
Yaponiya, Italiya, Shveytsariya, Amerika, Frantsiya, Angliya va Litva davlatlari bilan
tuzilgan qo’shma korxonalarda paxta tolasidan ip, shoyi, trikotaj, velyur, sun’iy teri,
jinsi, jakard gazlama, teridan tayyorlangan oyoq-kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish
yo’lga qo’yilmokda. Xulosa qilib aytganda, yaqin istiqbolda qishloq xo’jaligi xom
ashyosini qayta ishlashda xorijiy sarmoyadorlar bilan o’zaro hamkorlikni qo’shma
korxonalar shaklida yanada keng yo’lga qo’yish mintaqalar eksport faoliyatida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: