ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda
eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida
eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo
balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz
tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli
davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh
mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan
mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport
hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin
kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi
mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining
iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib
ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi.
2000-2009 yillar davomida ekport va importni diversifikatsiya qilish, uning
tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz
eksportining tovar tarkibida ijobiy siljishlar ro’y berdi (8.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: