11-bob. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka xorijiy investitsiyalarni jalb etish 11.1. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ahamiyati O’zbekistonda kichik biznes korxonalarini barpo etish orqali mustaqil xo’jalik
yurituvchi mulk egalari shakllandi. Kichik biznes korxonalari bozor iqtisodiyotiga
xos turli makroiqtisodiy shart-sharoitlar va talablariga moslashishi imkoniyatlariga
egaligi bilan ustuvor ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish milliy iqtisodiyotimiz barqarorligini
ta’minlashning muhim makroiqtisodiy omillaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda
kichik biznes taraqqiyotining keskin avj olishi natijasida ularning mamlakatda
yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot salmog’idagi ulushining ortib borayotganligi
bilan izohlash mumkin.
2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni
ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish,
aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va
qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes sub’ektlari yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 50 foizdan oshdi. Holbuki, 2000 yilda bu ko’rsatkich
30 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo’llab-quvvatlanayotgani samarasidir
(11.1.1-rasm).
124