Shuni alohida ta’kidlash mumkinki, investitsiyalashtirish va uni moliyalashtirish
investorning talabiga muvofik o’zgarib turishi mumkin.
Investitsiyalashtirishdan oldingi o’rganish jarayonini quyidagilarga ajratiladi:
-imkoniyatlarni o’rganib chiqish;
-tayyorlov yoki loyihalashtirishdan oldingi izlanish;
-iqtisodiy-texnik izlanish.
Investitsiyaviy izlanishning oraliq farq darajalari doim shartli belgilanadi.
Investitsiyalashtirishdan oldingi kuzatish ishlarini olib borish uchun kapital
qo’yilmaning umumiy qiymatidan 0,8%-5% gacha ajratiladi. Investitsiyallashdan
oldingi
bosqichni
muddatini
aniq
belgilash
juda
murakkab
bo’lib
bu
loyihalashtirishga bog’lik bo’ladi.
Loyihalarni investitsiyalash jarayoni davomida korxona aktivlari ya’ni, o’z
mablag’lari shakllanib boradi. Shu bilan birga boshqa korxonalar bilan mahsulotlar
etkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilib boradi, ishchi xizmatchilarni ishga qabul
qilish jarayoni boshlab yuboriladi
Investitsiyadan foydalanish jarayonida loyihaga quyilgan investitsiyadan kelgan
samaradorlik belgilanadi.
Bu jarayonda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-ishlab chiqarilgan mahsulotni sertifikatsiyalash;
-broker va diller aloqalarini tashkil qilish;
-loyihani iqtisodiy ko’rsatkichlari monitoringini o’tkazish.
Har qanday investitsiyani loyihalashtirish ma’lum bir darajadagi bilim va
ko’nikmalarni talab etadi. Shu o’rinda aytish joizki, har qanday investitsion loyihani
samaradorligini aniqlash uchun bu loyihani qanday fikr asosida tuzilganiga, uning
muddatiga, investitsiya miqdoriga va inflyatsiyaning darajasiga e’tiborni qaratish
lozim. Bu bilan biz investitsiya jarayonida uchraydigan bir qancha muammolarni
oldini olgan bo’lamiz.
Dostları ilə paylaş: