Qisqacha xulosalar 1.Iqtisodiyotning investitsiyaga bo’lgan talabi, investitsiyaga yunaltiriladigan
mablag’larning etishmasligi investitsiya resurslaridan samarali foydalanishni taqazo
etadi. Chunki qo’yilgan kapital mablag’idan samarali foydalanish natijasida ko’proq
foyda olish mumkindir.
2.Xalqaro kapital harakatning iqtisodiy samarasini ko’rsatish uchun, kapital
qo’yilmalardan olinadigan foyda turli mamlakatlarda turlicha degan tasavvurdan
kelib chiqish zarur. Kapitalning xalqaro harakati (tovarlarning xalqaro harakati kabi)
ishlab chiqarish omillarini samaralirok qayta taqsimlash va ulardan foydalanish
evaziga yalpi umumjahon ishlab chiqarishini o’sishiga olib keladi. Bunda, kapitalni
eksport qiluvchi mamlakatdagi kapital egalarining daromadi o’sadi va boshqa omillar
(ayniqsa mehnat va er) egalari daromadi esa qisqaradi. Kapitalni import qiluvchi
mamlakatdagi kapital egalarining daromadlari qisqaradi va ishlab chiqarishning
boshqa omillari egalarining daromadlari esa o’sadi.
3.Iqtisodiy samara vaqt funktsiyasi hisoblanib, boshlanishida u salbiy
ko’rinishda bo’ladi, chunki qo’yilgan kapitaldan hali daromad olinmagan bo’ladi.
122
Vakt utishi bilan kapital kaytimi bulgan sari daromad orta boradi va bu ijobiy natijaga
erishiladi, ya’ni qo’yilgan kapitaldan olingan daromad vaqt o’tgan sari qo’yilgan
kapital mikdoridan orta boradi.
4.Loyihani baholashda ushbu loyihani taklif etuvchi kompaniyaning
moliyaviy-iqtisodiy tahlili zaruriy komponent bo’ladi. Kompaniyaning layoqati va
barqarorligiga ishonch hosil qilgandan keyingina loyihaning o’zini tahlil qilish va
uning moliyalash to’g’risida qaror qabul qilish mumkin bo’ladi.
Nazorat uchun savollar 1. Xalqaro kapital harakatning iqtisodiy samarasi tushunchasini yoritib bering.
2. Investitsiyalardan keladigan foyda qanday aniqlanadi?
3. Kapitalning bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oqib o’tishi qanday
omillarga bog’liq?
4. Kapitalning xalqaro harakati ishlab chiqarish omillarini samaralirok qayta
taqsimlash va ulardan foydalanish evaziga qanday natijalarga olib keladi?
5. Mamlakatlarning xalqaro kapital migratsiyasi (XKM) jarayonlarida
qatnashishi qaysi ko’rsatkichlar orqali namoyon buladi?
6. Kapital importi koeffitsientini aiqlash formulasini yozing va tushuntirib
bering.
7. Kapital eksporti koeffitsientini aiqlash formulasini yozing va tushuntirib
bering.
8. Mamlakat iqtisodiyotiga sarflanayotgan kapital qo’yilmalarning umumiy
hajmida xorijiy kapitalni ulushini aks ettiruvchi ko’rsatkichning mohiyatini yoritib
bering.
9. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi va uni baholash usullarini
tushuntiring.
10. Investitsion loyihalarni baholash muammolarini sanab bering.
123