11.3. O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda
xorijiy investitsiyalar
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo’nalishlari
qatoridan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish ham o’rin olgan.
Binobarin, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotganligini hayotning o’zi yaqqol ko’rsatib
turibdi.
Tadbirkorlar o’z faoliyatlari bilan eng muhim, dolzarb muammoni, ya’ni ichki
bozorning keng xalq iste’mol mollariga bo’lgan talabini qondirish va ishsizlikni
tugatishdek ijtimoiy muammoni echishga yordamlashadi.
Hozirgi kunda respublikamizda tadbirkorlar yangi ijtimoiy qatlam va sinf
sifatida shakllanmokda. Respublika Prezidenti I.A.Karimovning tashabbusi va
bevosita rahbarligida mamlakatimizda xususiy mulkning rivojlanishi va shu asosda
aholi-keng tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va kengaytirishga qaratilgan
qator farmon hamda hukumat qarorlari qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2005-2007 yillarda fermer
xo’jaliklarini rivojlantirish to’g’risida"gi 2004 yil noyabr Qarorini hamda yuridik
shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarning eksport va import
operatsiyalarining qonuniyligini ta’minlash va daromadlarini hisoblashga doir bir
qator yangiliklarni o’z ichiga olgan Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi. Davlat
statistika qo’mitasi tomonidan qabul qilingan 2004 yil 11 noyabrdagi "Savdo faoliyati
bilan shug’ullanuvchi yakka tadbirkorlarning tovar operatsiyalari va daromadlarini
hisobga olish tartibi to’g’risidagi yo’riqnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish
haqida"gi qarorlari ham xususiy tadbirkorlarga yaratilgan yangi bir yo’nalishdir.
Bundan
tashqari,
respublikamizda
amalga
oshirilayotgan
bir
qancha
chora-tadbirlar, jumladan, 2004 yil may oyidan boshlab asosiy maqsadi - kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalar va yangi
bank
xizmatlari
bilan
ta’minlashdan
iborat
bo’lgan
"Bussines
Leasing"
kompaniyasining faoliyat yuritishi; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
bilan 2004 yil 7 iyulda xususiy tadbirkorlikka kelajakda yanada yaxshi sharoitlar
yaratish, biznes muhitini takomillashtirish, respublika tadbirkorlarining xorijiy
tadbirkorlar bilan aloqalarini o’rnatish, mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarning
tashqi bozordagi faolliklarini oshirish, mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni ko’prok,
jalb qilish maqsadida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasining tashkil qilinishi kabilar
ham mamlakatimizda tadbirkorlikka katta e’tibor berilayotganligidan dalolat beradi.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni jadallashtirish va uning YaIMdagi
ulushini ko’paytirish, bozor iqtisodiyoti talablariga mos tovar va xizmatlar bozorini
shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda:
- xorijiy investitsiyalarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishni
rag’batlantirish mexanizmini takomillashtirish;
- davlat tashkilotlarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash;
- xususiy tadbirkorlarning resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish;
132
- moliyaviy qo’llab-quvvatlash va qo’shimcha soliq imtiyozlarini joriy etishdagi
asosiy vazifalar jumlasidandir.
Tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda
asosiy bo’g’in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining takomillashuvi hamda
milliy
farovonlikka
erishishning
muhim
omilidir.
Milliy
iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi
ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo’lishiga ham bog’liq ekanligi
shubhasizdir.
Kam xarajat hisobiga yangi ish o’rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib
bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat
ko’rsatish sohasida va
uncha katta bo’lmagan mahalliy resurs bazalarini
o’zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning
ahamiyati beqiyosligini ko’rsatadi.
Shu sababli ham kichik biznesni jadal
rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat
ko’rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini
oshirish masalalari bilan chambarchas bog’langan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning
natijasi quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:
- kichik biznesning mamlakatimiz YaIMdagi ulushi 2009 yilda 50,1 foizga
etganligi;
- ish bilan band xodimlar pul daromadlarining 70 foizi aynan kichik biznes
sohasida shakllanayotganligi;
- kichik biznes korxonalarining mamlakat eksportidagi ulushi 2009 yilda 14,3
foizga etganligi va h.k.
Kichik biznes sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash, ularni kreditlash
hajmining oshishi sohani rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. 2009 yilda
sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun
yagona soliq to’lovi stavkasining 8 foizdan 7 foizga tushirilishi natijasida 23,6 mlrd.
so’m miqdoridagi mablag’ mazkur korxonalar ixtiyorida qoldirildi.
Shu yili kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 1 trln. 850 mlrd.
so’mdan ortiq kreditlar ajratildi (11.3.1-rasm). Bu 2001 yilgiga nisbatan qariyib 11
marta, 2005 yildagiga nisbatan 4 marta ko’p.
133
|