sifatida qatnashadi.
Hozirgi kunda AQSh Kichik biznes Administratsiyasi (The Small Business
Administration), Kanada kichik biznes kreditlari to’g’risidagi qonuni tizimi (SBLA),
Buyuk Britaniyadagi Kredit kafolati tizimi (LGS) faoliyat yuritishmokda. Kafolatlash
tizimi 1994 yildan boshlab Germaniya, Belgiya, Ispaniya, Frantsiya va Italiya
davlatlarida ham o’z faoliyatini amalga oshira boshladi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi
mamlakatlarda, xususan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya va Indoneziya
davlatlarida mazkur amaliyot 30 yiddan ortiq davr mobaynida faoliyat ko’rsatib
kelmokda. Misol uchun, Yaponiyada mazkur tizim 1947 yildan, Janubiy Koreyada
1971 yildan, Malayziyada 1971 yildan va Indoneziyada 1972 yildan boshlab davlat
kafolat tizimi amal qila boshlagan.
Kichik biznesni qo’llab-quvvatlash Davlat kafolat fondining boshlang’ich
mablag’ini esa quyidagi mablag’lar, ya’ni:
- davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan tushumlar;
- davlatning boshqa likvidli aktivlari (aktsiyadorlik jamiyatlaridagi davlat
aktsiyalari);
- jamg’arma faoliyatining daromadlari;
- homiylik ajratmalari hisobiga shakllantirish mumkin.
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, kichik biznes sub’ektlariga
kreditlar berilishida ta’minotning etishmaslik muammosini hal etish maqsadida
kichik biznesni qo’llab quvvatlash Davlat kafolat fondini tuzish maqsadga
muvofiqdir
Bu esa mamlakatimizga jalb qilinadigan xorijiy investitsiyalar miqdorining
ortishiga va ularning o’zlashtirilishining tezlashishiga olib keladi. Natijada
banklarimiz bilan xorijiy kredit muassasalari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik aloqalari
yanada samarali bo’ladi hamda mahalliy xom ashyolar negizida ishlab
chiqarilayotgan import o’rnini bosuvchi, eksportga yo’naltirilgan tovarlar hajmi
ortadi va ko’plab yangi ishchi o’rinlari yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: