A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar


Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Inqirozga qarshi mo’ljallangan choralar dasturi
– O’zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan
2009-2012 yillarga mo’ljallanib inqirozga qarshi ishlab chiqilgan choralar dasturi
bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy
imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-tabdirlar
majmui o’z aksini topgan.
Innovatsion texnologiyalar –
iqtisodiyotga yangiliklarni tatbiq etish
bosqichlarida qo’llaniluvchi usul va vositalar majmui bo’lib, o’z ichiga joriy etish,
trening, konsalting, transfert, audit, injiniring kabi turlarini oladi.
Inflyatsiya –
pul muomalasi qonunlarining buzilishi natijasida milliy valyutaning
qadrsizlanishi, narxlarning o’sishi.
142


Inflyatsiya darajasi –
ma’lum vaqt ichida (oy, yil) baholar darajasining foizdagi o’zgarishi.
Infratuzilma
– tovar ishlab chiqarish shartlarini ta’minlovchi ishlab chiqarish t va noishlab
chiqarish tarmoqlari kompleksi: yo’llar, aloqa, transport, maorif, sog’liqni saqlash.
Iste’mol
– ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy
mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni.
Iste’mol krediti

markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo’llaniladigan
pul siyosati vositasi (instrumenti). U banklar tomonidan berilishi mumkin bo’lgan
ichki kreditning maksimal miqdori rasmiy ravishda belgilanishini taqozo etadi.
Iste’mol tovarlari
– inson ehtiyojini qondirishga mo’ljallangan iste’mol
buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste’mol etiladigan moddiy mahsulotlar
va har xil xizmatlar.
Ish bilan band bo’lgan jami aholi
– ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning
ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan qismi.
Ish haqi
– joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan
ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to’lovlar bo’lib, ular hisoblangan
summalar yig’indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo’linadi: ish haqi va ijtimoiy
sug’urtaga ajratmalar.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin