A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Daromad solig’i stavkalari
– aholi daromadlaridan tabaqalashtirilgan holda
olinadigan soliqlarning foizlardagi darajalari.
Defitsit
– byudjet xarajatlarining daromadlardan oshib ketishi natijasida vujudga
140


kelgan taqchillik.
Diversifikatsiya
– (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq)

ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish
bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini
kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.
Divident
– aktsioner jamiyati sof foydasining bir qismi, aktsionerlarga daromadlar naqd pul
yoki aktsiyalar bilan to’lanadi.
Jahon banki
– 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg’armasi bilan bir vaqtda tuzilgan
birinchi davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o’zining faoliyatini 1946 yil 25
iyundan boshlagan.
Jahon bozori kon’yunkturasi - j
ahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu
bozorlardagi talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o’zgarish tendentsiyalari.
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
– mamlakat iqtisodiyotining xalqaro
savdoda ishtirok etish, jahon bozoridagi o’z o’rni va mavqeini saqlab qolish va
kengaytira olish, jahon talablariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqara olish
layoqati bo’lib, quyidagilar orqali belgilanadi: mamlakatdagi ishlab chiqarishning
texnik-iqtisodiy darajasi, ishlab chiqarish xarajatlari miqdori, ishlab chiqarilayotgan
tovarlar sifati, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, mutlaq va nisbiy
ustunliklarning mavjudligi.
Iqtisodiyotning real sektori
– iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab
chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat,
qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa tarmoqlarini oladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin