yuz berayotgan deyarli barcha o’zgarishlarga moslashadi. Kichik biznes nuqtai
nazaridan investitsiya muhitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun
mamlakat va mintaqalardagi iqtisodiy vaziyatni ko’rsatuvchi omillar, iqtisodiyotning
bu tarmog’iga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar bilan qanchalik
ta’minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish darajasi, malakali
ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana shu va boshqa omillar bilan bog’liq
xatarlar bor yoki yo’qligi g’oyat muhimdir.
3. Xususiy tadbirkorlikni va bu sohaga investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish
uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlaydigan davlat siyosatini amalga oshirish
institutsiyaviy va huquqiy tizimni doimiy ravishda takomillashtirishni talab qiladi. Bu
tizimning samarali ishlashi uning barcha unsurlari bir-birining vazifasini juda kam
takrorlagan holda doimiy ravishda o’zaro aloqada bo’lishini hamda faoliyatlari
muvofiqlashtirilishini taqozo etadi.
4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlashda
xorijiy kredit liniyalari mablag’larini banklar orqali real sektorga jalb qilish hisobiga
kichik ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kelajakda ular
negizida moliyaviy jihatidan baquvvat ko’p tarmoqli yiroik ishlab chiqarish
korxonalari shakllanishi ko’zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: