A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Bank aktivlari –
banklarning asosiy faoliyatini amalga oshirishda
foydalanuvchi turli moddiy va moliyaviy resurslar majmui. Ular asosan bank
kreditlari, asosiy vositalari, sotib olgan qimmatli qog’ozlari, investitsiyalari, valyuta
boyliklari ko’rinishida bo’ladi.
Bank depozitlari
– jismoniy va yuridik shaxslarning bank muassasalariga
ma’lum muddatga va muddatsiz omonat shaklida qo’yilgan bo’sh pul mablag’lari.
Bank kapitalining etarlilik darajasi
– bu jami kapitalning riskka tortilgan
aktivlarga nisbati bo’lib, u xalqaro Bazel kelishuviga ko’ra kamida 8% ni tashkil
etishi kerak.
Bank tizimining likvidligi
– bankning o’z majburiyatlarini vaqtida va so’zsiz
bajara olish imkoniyati.
Banklar likvidligi
– b
anklar aktivlarining qisqa muddat ichida pulga aylanish
qobiliyati. Likvidlik bank majburiyatlarini bajarish va aktivlar o’sishini moliyalash
bilan birgalikda depozitlar va qarz mablag’lari darajasining pasayishini samarali
boshqarishni ham bildiradi.
Bankrot
– qarzlik nochorlik, tadbirkorning o’z qarz majburiyatlari bo’yicha mablag’i
bo’lmaganligi uchun to’lashdan bosh tortishi.
Barqarorlik
– narsa va hodisalarga xos muayyanlikni ifodalaydi.
Biznes
– ingilizcha so’z bo’lib, foyda olishga qaratilgan (ehtiyoj va muhtojlikni
qondirish natijasida) tadbirkorlik faoliyatini anglatadi.
Bozor kon’yunkturasi
– muayyan vaqt mobaynida tovarlar bozorining holatini
tavsiflovchi vaqtinchalik iqtisodiy vaziyat bo’lib, quyidagi belgilar orqali aniqlanadi:
ichki va tashqi savdodagi o’zgarishlar; ishlab chiqarish va qurilish dinamikasi; tovar
zaxiralari harakati; narxlar dinamikasi va boshqalar.
Davlat byudjeti –
davlat daromadlari va sarflarining moliyaviy rejasi.
Daromad solig’i
– fuqarolarni bir yil davomidagi yalpi daromadidan olinadigan majburiy
to’lov (soliq).

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin