A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Iqtisodiy o’sish –
real yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga
to’g’ri keladigan real yalpi ichki mahsulotning o’sishi.
Import

mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini va
texnologiyasini olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni
tejashga, xalq xo’jaligi, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal
qilishga ko’maklashadi.
Investitsion kreditlar –
ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik
jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruktsiya qilish, yangi bino va
inshootlarni qurish uchun zarur bo’lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan
kreditlar.
Investitsion loyiha dasturi - O’
zbekiston republikasida qabul qilingan
qonunchilik andozalariga muvofiq ishlab chiqilgan zaruriy hujjatlarni hisobga olgan
holda kapital qo’yilmalar hajmi va amalga oshirish muddatini maqsadga
muvofiqligini asoslovchi va shuningdek investitsiyalarni (biznes reja) amalga
oshirish buyicha amaliy faoliyatning dasturdir
Investitsion siyosat
– savdo menenjmenti umumiy strategiyasining bir qismi
bo’lib, korxona rivojlantirish uchun aktivlarni kengaytirishning eng samarali
yo’llarini tiklashni nazarda tutadi.
Investitsion soliq krediti –
investorga soliq majburiyati bo’yicha soliq
qonunchiligiga muvofiq soliq to’lash muddatini o’zgartirish imkoniyati.
Investitsion hamkorlik - x
alqaro iqtisodiy munosabatlarning bir ko’rinishi
bo’lib, resurslarni ratsional taqsimlash, xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish
natijasidagiustunliklaridan foydalanish orqali davlat tomonidan iqtisodiyotda nisbatan
141


yuqori natijalarga erishish, texnologik ishlab chiqarish tuzilmasini yangilash kabilarni
maqsad qilgan.
Investitsiya

bu iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy
natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar,
paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar
asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin