uchun yoki ishlab chiqarish omillaridan foydalganlari uchun olinadi.
Tannarx
– mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun ketgan barcha
xarajatlarning qiymati.
Tarkibiy o’zgarishlar
– milliy iqtisodiyotning samarali va barqaror tarkibiy
tuzilishini ta’minlash maqsadida uning tarmoq va sohalarini izchil ravishda
o’zgartirib borish. Tarkibiy o’zgarishlar o’z ichiga yangi tarmoqlarni barpo etish,
ba’zilarini kengaytirish, ayrim samarasiz, istiqbolga ega bo’lmagan tarmoqlarni
qisqartirish kabi chora-tadbirlarni oladi.
Tashqi qarz –
mamlakat hukumati, moliya-kredit tashkilotlari, yirik korxonalarining
boshqa mamlakatlar moliya-kredit muassasalaridan qarzga olgan moliyaviy
mablag’larining jami hajmi.
Tashqi savdo
– bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati
– Bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi (eksporti va importi)
borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish ko’zda tutiladi. Eksport va importning tovar
tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: