Pul - kredit siyosati – bu davlat tomonidan iqtisodiy o’sishni ta’minlash
maqsadida pul muomalasini tashkil etish va barqarorligini ta’minlash uchun amalga
oshiriladigan barcha chora-tadbirlar majmui.
Pul – hamma tovar va xizmatlar ayirboshlanadigan, umumiy ekvivalent sifatida
foydalaniladigan, boshqa barcha tovarlar qiymatini ifodalaydigan maxsus tovar.
Rekonstruktsiya (qayta tiklash)
faoliyat yuritayotgan korxonani ma’naviy va
jismoniy
eskirgan
qurilma
va
asbob-uskunalarni
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, texnologik bo’g’inlar va yordamchi
xizmatdagi nomutanosibliklarni yo’qotish yo’li bilan almashtirish yordamida to’liq
yoki qisman o’zgartirish. Qayta tiklashda eski tsexlar o’rniga yangi tsexlarni qurishga
ruxsat beriladi.
Rentabellik – korxona faoliyatining foydalik darajasi. Uning uch xil
ko’rsatkichi mavjud: korxona aktivlari rentabelligi, xususiy kapital rentabelligi va
sotilgan mahsulot rentabelligi. Bu ko’rsatkichlarni balansdagi (sof) foyda
ko’rsatkichini korxona aktivlarining o’rtacha yillik qiymati, muomalaga chiqarilgan
aktsiyalar miqdori, xususiy kapital miqdori va sotilgan mahsulot tannarxiga nisbati
bilan aniqlanadi.
Saldo - muayyan vaqt davomida moliyaviy tushumlar va sarflar, eksport va import
qiymati (savdo balansi saldosi), xorijiy to’lovlar va tushumlar (to’lov balansi saldosi)
o’rtasidagi farq.
Samarali iqtisodiy siyosat – davlatning iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishga
qaratilgan, har tomonlama asoslangan, izchil va o’zaro uyg’unlashtirilgan
chora-tadbirlari majmui.
Sektor –
institutsion
birliklar
yig’indisi
bo’lib,
ularning
maqsadi,
moliyalashtirish manbalari va funktsiyalari bir xil bo’ladi, natijada ularning iqtisodiy
huquqi ham o’xshashib ketadi.