A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Tijorat banklari
– sanoat va savdoni qisqa muddatli kreditlar bilan ta’minlash, shuningdek
xususiy mijozlarga turli turdagi bank xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan banklar.
Turmush darajasi
– bu, aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne’matlar
hamda xizmatlar bilan ta’minlanganlik hamda ularni iste’mol qilish darajasidir.
To’g’ridan – to’g’ri investitsiyalar –
bevosita mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
jarayonini tashkil etish yoki yanada kengaytirish maqsadida xorijiy sheriklar
tomonidan
uzoq
muddatli
kapital
qo’yilmalar
kiritish.
To’g’ridan-to’g’ri
investitsiyalar investorlarga mazkur ishlab chiqarish jarayonlari ustidan nazorat qilish
imkonini beradi.
To’lov balansi

bu xalqaro operatsiyalarning balans xisob varag’idir, ya’ni
tovarlar, xizmatlar, kapitallar olib kirish va olib chiqish ko’rsatkichlari nisbati
shaklidagi xalqaro xo’jalik tarmoqlari kompleksining qiymat ifodasi.
Fond bozori
– qimmatli qog’ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning oldi-sotdi
jarayonlari amalga oshiriluvchi maxsus tashkillashtirilgan bozor.
Xizmat ko’rsatish sohasi –
ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko’rinishga
ega bo’lmagan iste’mol qiymatlarini yaratishga yo’naltirilgan sohalari. U o’z ichiga
moddiy xizmatlar ko’rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar)
hamda nomoddiy xizmatlar ko’rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o’qitish, malaka
oshirish va boshqalar)ni oladi.
Xususiy tadbirkorlik
– bu fuqarolar (alohida fuqarolar) tomonidan o’zlarining
tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish
maqsadida amaldagi qonunchilik doirasida amalga oshiriladigan tashabbuskor
xo’jalik faoliyatidir.
Eksport
– tashqi bozorda sotish uchun tovar-pullarni chet elga chiqarish.
Emissiya
– qog’oz pullarning g’aznaxonaga yoki boshqa davlat moliya organlari tomonidan
muomalaga chiqarilishi; barcha shakldagipul belgilarini muomalaga chiqarish.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin