Kutilayotgan inflyatsiya darajasi –
mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma’lumotlar
asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo’lg’usi davrdagi inflyatsiya darajasi.
Qo’shimcha qiymat solig’i
– qo’shilgan qiymatdan olinadigan soliqlarning bir turi hisoblanadi. Tovarlarning
realizatsiyasi, xizmat ko’rsatish va boshqa ishlarni bajarishdan olinadi. Sotish oborotiga nisbatan mahsulotlarning
turlariga ko’ra foizlarda belgilanadi.
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar –
mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi
ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o’lchash va baholash imkoniyatini beruvchi
ko’rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o’sish,
ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar.
Marketing
–
so’zi o’zbek tilida ham tarjimasiz ishlatiladi, u nafaqat falsafa,
fikrlash tarzi va iqtisodiy tafakkur yo’nalishigina emas, balki ayrim firma,
kompaniya, tarmoq va butun iqtisodiyot bo’yicha amaliyot faoliyatini qamrab oladi.
AQSh va boshqa xorijiy davlatlar iqtisodiy adabiyotlarida marketingga har xil ta’rif
berilgan. Ular orasida eng keng tarqalgani quyidagi mazmundagi ta’rifdir:
“Marketing shunday jarayonki – uning yordamida o’ylangan g’oya rejalashtiriladi va
amalga oshiriladi, narxlar shakllantiriladi, g’oyalar, tovarlar va xizmatlar ko’rsatish
bo’yicha harakatlar yo’lga qo’yiladi, ayrim shaxslar va tashkilotlarning ehtiyojlari
ayirboshlash yordamida qondiriladi”.
Mikrokredit
– xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang’ich sarmoyani
shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega
bo’lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b)
mikrofirma va dehqon xo’jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v)
fermer xo’jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha beriladi.
Modernizatsiya
–
(grekchadan
moderne
-
yangicha)
-
ob’ektni
takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me’yorlarga, texnik
shart-sharoitlarga, sifat ko’rsatkichlariga moslashtirish.
Dostları ilə paylaş: