A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Kapital xarajatlar
- asosiy kapitalga kiritiladigan mablag’lar va zahiralarni
o’sishi.
Kasanachilik –
yirik sanoat korxonalari bilan tuzilgan shartnoma asosida uy sharoitida
mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish.
Kichik biznes sub’ektlari –
korxona ko’lami, ishlab chiqarish hajmi,
ishlovchilar soni, moliyaviy mablag’lari miqdori va boshqalar jihatidan imkoniyatlari
cheklangan
ishlab chiqaruvchi
sub’ektlar. Respublikamizda
sanoat ishlab
chiqarishning ayrim tarmoqlarida (masalan, engil va oziq-ovqat sanoati, metallga
ishlov berish va asbobsozlik sanoati va h.k.) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan,
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika sanoati va boshkalarda) 50
kishigacha, xizmat ko’rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar kichik
biznes sub’ektlari hisoblanadi.
Kichik korxonalar
– mustaqil xo’jalik faoliyatini olib boruvchi, o’z balansiga bo’lgan, soliqlar va boshqa
to’lovlarni to’lagandan so’ng qolgan foydasini o’zi taqsimlaydigan korxona.
Kon’yunktura
– bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy holatdir
(asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog’liq bo’lgan narxlar darajasi orqali
yuzaga keladi).
Kooperatsiya aloqalari

turli soxa ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum
maxsulotni tayyorlash bo’yicha uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish.
Korxonalarga preferentsiya berish –
milliy iqtisodiyotda faoliyat ko’rsatuvchi
korxonalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab
chiqarishga chet eldan olib kiradigan xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib kirishda boj to’lovlari va boshqa
jarayonlar bo’yicha engilliklar (imtiyozlar) berilishi.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish
– alohida ishlab chiqarish turlarini
zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma
va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini
yaxshilash yo’li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini
oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga yo’naltirilgan
bo’ladi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin