Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ?ўллаб- ?увватлаш учун ажратилган кредитлар ми?дори, млрд. сўм 171,5
265,0
282,3
353,7
464,0
607,2
744,0
1251,0
1850,0
0,0
500,0
1000,0
1500,0
2000,0
2001
2002
2003
2004
2005
2006
2007
2008
2009
йиллар 11.3.1-rasm. Kichik biznes sub’ektlariga ajratilgan kreditlarning 462 mlrd. so’mi
«Mikrokreditbank» hissasiga to’g’ri keldi. Soha rivoji uchun shu yili Osiyo
taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Germaniya taraqqiyot banki (KfV), XXR
Hukumati va boshqa xorijiy investorlar mablag’lari hisobidan jami 121,8 mln. doll.
yoki 2008 yilga nisbatan 1,5 barobarga ortiq kredit resurslari jalb qilindi.
2010 yilda kichik biznesni jadal rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash borasida
chora tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Masalan, 2009 yilda sanoat sohasida
faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari uchun yagona soliq stavkasi 7 foizga
tushirilgan bo’lsa, 2010 yildan e’tiboran 7 foizli soliq stavkasi barcha kichik biznes
korxonalari uchun joriy etildi.
Qaysi tarmoqda faoliyat yuritishlariga bog’liq ravishda kichik biznes sub’ektlari
quyidagi soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin:
- 2014 yil 1 yanvargacha yangidan tashkil etilayotgan ta’mirlash-qurilish
tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiy ajratmalarni to’lashdan
ozod qilingan;
- 2012 yilning 1 yanvarigacha go’sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan
mikrofirmalar va kichik korxonalarning yagona soliq to’lovi stavkasi 50 foizga
kamaytirildi va ularning chetdan olib kelinadigan texnologiya uskunalari bojxona
to’lovlaridan ozod qilingan;
- 2012 yil 1 yanvargacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik korxonalar foyda solig’i va mulk
solig’i, yagona soliq to’lovlari va Respublika yo’l jamg’armasiga majburiy ajratmalar
to’lashdan, shuningdek, ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalarini import
qilishda bojxona to’lovlaridan ozod qilingan.
Kichik biznesni rivojlantirish borasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar sohaning
iqtisodiy rivojlanishdagi, aholini ish bilan bandliligi va daromadlarining o’sishidagi
roli yanada kuchayishi hamda YaIM, eksport va tarmoqlar hamda sohalarning ishlab
134
chiqarish ko’rsatkichlaridagi ulushi ortib borishiga xizmat qiladi.