A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Jami to’lovlar qiymati
(litsenziya va ruxsatnomalarsiz)
-
5037660
-
830960
- 83,5
* Izoh: eng kam ish haqi miqdori to’lovlarni qisqartirishga oid me’yoriy hujjatlar qabul qilingan davrga tatbiqan
olingan.
Jadvaldan ko’rinadiki, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ruxsat berish
jarayonlarini qisqartirish va to’lovlarni optimallashtirish tadbirlari ahamiyatli
darajada amalga oshirilgan. Masalan, normativlar loyihalarining ekologik
ekspertizasini o’tkazish bo’yicha to’lov miqdori 75 marta, ekologik ekspertiza
qiymati 25 marta kamaytirilgan. Buning natijasida har bitta tadbirkorlik sub’ekti
uchun o’z faoliyatini tashkil etishda umumiy holda 4207 ming so’m miqdorgacha
mablag’larni tejash imkoniyati paydo bo’ldi.
2009 davomida inventarizatsiya natijasida aniqlangan qariyb 2 mingta bo’sh
bino kichik tadbirkorlik sub’ektlariga ijaraga berildi. Bunda binolarni ijaraga berish
tariflari tadbirkorlik sub’ektlarining qaerda joylashgani va ularning faoliyat turiga
qarab 3 barobardan 10 barobarga qadar kamaytirildi. Shuningdek, o’tgan davr
mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi imtiyoz
va qulayliklar yaratildi:
- mahsulotlarning gigienik sertifikatini amal qilish muddati ilgarigi 3 yildan
endilikda cheklanmagan muddatga o’tkazildi;
- fitosanitariya xulosalarini berish muddatlari qisqartirildi;
- elektr va issiqlik tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlarni bajarish
muddatlari 1 oydan 3 kungacha qisqartirildi;
- binolarni turar joydan noturar joy toifasiga o’tkazish jarayoni soddalashtirildi;
- davlat mulkidagi bo’sh binolar ijara haqlari 10 va undan ko’p barobargacha
tushirilishi natijasida ularning 81 foizi (aniqlangan 3650 tadan 2939 tasi) tadbirkorlik
sub’ektlariga ijaraga berildi;
- tashqi reklamani joylashtirish tariflari o’rtacha 20 dan 30 foizgacha pasaytirildi
hamda ayrim hududlarning qishloq joylarda haq olish bekor qilindi. Buning natijasida
tashqi reklama beruvchi tadbirkorlarning ulushi 34 foizgacha oshdi;
- tashqi reklamani joylashtirish qiymati Toshkent, Farg’ona, Jizzax, Namangan
va Navoiy viloyatlarining qishloq joylari uchun 50 foizgacha pasaytirildi;
- elektr energiyasini oldi-sotti shartnomasida belgilangan hajmga nisbatan kam
sarflanishi uchun jarimalar bekor qilindi va ortiqcha sarflash bo’yicha jarimalar 50
foizga qisqartirildi.
Kichik
biznes
va
tadbirkorlik
sub’ektlarini
moliyaviy
jihatdan
qo’llab-quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga 1 trln. 850 mlrd. so’mdan ortiq kreditlar ajratildi
(11.1.3-rasm).
127



Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin