investitsiyalash uchun afzal tarmoqlar va xo’jalik yuritish sub’ektlarini tanlashga
imkoniyat yaratish mumkin.
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi hududlarda qulay investitsiya
muhitini, bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo
etadi. Bu sohada ro’y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan
izohlanadi. Hududlarning iqtisodiy o’sishini va qulay investitsion muhitni yaratish va
qo’llab-quvvatlash, jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari
o’ynashi kerak.
Faqat investitsiyalar bazasidagina asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va sifatini yaxshilash evaziga mahsulotning
raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Biroq bu hozirgi yuksak darajada
integratsiyalashgan xo’jalik sharoitida davlatning muvofiqlashtiruvchi roli ob’ektiv
ravishda ancha salmoqli bo’lib qolmoqda. Shu munosabat bilan investitsiya muhitni
yaxshilashda barcha hududlarga olib kelayotgan investorlar faoliyatiga davlatning
faol aralashuviga yaqin yillar mobaynidagi makroiqtisodiy siyosatning tarkibiy qismi
sifatida qarash muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu esa strategik maqsad – hududlar iqtisodiy o’sishini ta’minlash uchun
amalga oshirilmog’i, bu raqobatbardoshlik va hudud iqtisodiyotning barqaror
rivojlanishi mezonlariga javob berishi lozim. Strategik maqsadga erishish qulay
investitsion muhitni yaratish asosida ta’minlanishi mumkinki, investitsiya
jarayonlarini davlat yo’li bilan makro boshqarib turish bunday rejalab turishning eng
muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Hududlardagi investitsion muhitini shakllantirishning hozirgi bosqichi iqtisodiy
o’sish yo’liga o’tib olish bilan izohlanadi. Bunday o’sish alohida investitsiya
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etadiki, u taraqqiy etgan
mamlakatlar tajribasiga, investitsiya resurslari va chet el investitsiyalarini jalb qilish
sifatida mablag’lardan foydalanishning mavjud imkoniyatlariga tayanishi lozim
bo’ladi. Chet el investitsiyalarini jalb etmay turib, hozirgi zamon talablariga javob
beradigan ishlab chiqarishning tashkil etilishini ta’minlash mumkin emas.
Hududlar investitsiya jarayonlarini izga solib turishning iqtisodiy asoslarini
yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug’diruvchi
shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo’lib,
hududlarda qulay investitsion muhit yaratishga aynan shu yo’l bilan erishish mumkin.
Respublika hududida investitsiya muhit bilan o’zaro bog’langan amalga oshirish
jarayoniga qaratilgan sub’ektlar tarkibiy o’zgartirishlar strategiyasi ma’nosini chuqur
anglab olishlari, globallashuv, iqtisodiyotlarning xalqaro raqobat va o’zaro
hamkorligi natijalarini, mamlakat hududlari taraqqiyoti va hududlar korxonalarining
xalqaro bozorlarga chiqish istiqbollarini oldindan ko’ra bilishlari kerak. Bularniig
hammasi investitsion muhitni faol ta’minlashda ish
lab
chiqish,
tanlab
olish, amalga
oshirish va ularni ichki manbalar hamda tashqaridan jalb qilinadigan mablag’lar
hisobidan moliyalashtirish istiqbollarini belgilashda asosiy o’rinda turadi.
Dostları ilə paylaş: