7-bob. Xorijiy investorlar uchun O’zbekiston iqtisodiyotini jalb
qiluvchanligini oshirishning asosiy yo’nalishlari
7.1.Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga
oshirilayotgan ishlar
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ra vishda kengaytirib
borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy
investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi cho ralar dasturida
etakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009
yilning 12 martida tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga
oshirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va
etakchi xorijiy kompaniyalarning kreditlari va investitsiyalarni jalb etish ko’zda
tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80
dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo’yicha aniq manbalar
belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi.
Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuksak sur’atlarini
ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek,
iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich
modernizatsiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy
strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining yanada jadal
84
o’sib borishiga zamin yaratadi.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston
iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur
o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy
islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning
o’tgan 18 yil mobaynida izchil amalga oshirib kelinishi sobiq "Markaz»ga har
tomonlama bog’lanib qolgan agrar, past texnologiyali va samarasiz iqti sodiy
tuzilmaning diversifikatsiyalashgan, jahon bozoriga raqobatbardosh, keng dara jada
xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi
iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega
bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.
Bu, o’z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki
O’zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qara
tilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish
hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa -
xorijiy investitsiyalar va uzoq muddatli investitsiyaviy kreditlarni jalb etish evaziga
iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizatsiyalash, uni texnik va
texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat.
Ma’lumki, moliyaviy maqsadlarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish va
ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuqori likvidli raqobatbardosh
mahsulotlarni
ishlab
chiqarish,
iqtisodiyotning
real
sektorini
jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish imkonini beradi.
Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’tgan 2009 yilda Prezidentimiz qarorlari
asosida respublikada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va
dasturlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etildi. Xususan
,
Investitsiya dasturi (2008
yil 2 oktyabrdagi PQ-969-son), «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» davlat
dasturi (2009 yil 26 yanvardagi PQ-1046-son), «Ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish» dasturi (2009 yil 20 yanvardagi PQ-1041-son) hamda
«Qo’shimcha infratuzilma ob’ektlarini qurish» dasturi (2009 yil 17 martdagi PQ-
1073-son) shular jumlasidandir.
2010 yilda belgilab olingan investitsiya dasturida eng yuqori qo’rsatkich
korxona mablag’lari hissasiga (42,6 foiz) to’g’ri kelishi, undan so’ng esa
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (21,3 foiz)ni jalb etish orqali amalga
oshirilishi rejalashtirilgan (7.1.1-rasm).
85
«Jeneral Motors», Germaniyaning «MAN», Yaponiyaning «Isuzu»; aviatsiya
infratuzilmasi va multimodal logistika sohasida – Koreyaning «Koreyan Eyr» va
Yaponiyaning «Mitsubisi»; oziq-ovqat va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish
sohalarida – Shveytsariyaning «Nestle», Angliya-Amerikaning «VAT», kimyo
sohasida – Ispaniyaning «Maksam»; to’qimachilik va engil sanoat sohalarida –
Koreya ning «DEU interneyshnl», Hindistonning «Spenteks», Yaponiyaning
«Mitsubisi» va boshqa o’nlab xorijiy kompaniyalar, bank-moliya sektorida «Royal
Bank of Scotland», «Koreya Taraqqiyot banki» va hokazolar yaqin sheriklar
hisoblanadi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investorlar
bilan birgalikda faoliyat olib borayotgan qo’shma korxonalarning soni 4 mingdan
oshdi.
Keng miqyosdagi investitsiyalar, rivoj lanish maqsadlarida xalqaro moliyaviy
institutlar bilan o’rnatilgan faol hamkor lik, xorijiy investorlar uchun imkoniyat lar
izchil ravishda kengaytirilib borilishi ancha murakkab bo’lgan joriy yilda ham,
kelgusi 2010 yilda ham O’zbekistondagi iqtisodiy o’sishni kamida 8,3 foiz darajasida
belgilash va unga erishish imkoniyatini beradi. Bunday maqsadlarning asosli ekanligi
eng obro’li halqaro moliyaviy institutlar tomonidan bir necha bor tasdiqlangan.
Shu o’rinda ichki investitsiyalardan foydalanish borasida ham mamlakatimizda
talay ishlar amalga oshirilib kelinayotganligini ta’kidlab o’tish joizdir. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2009 yil 6 apreldagi 1090-sonli Qarori hamda mazkur
qaror bilan tasdiqlangan «Aholi va xo’jalik sub’ektlarining bo’sh pul mablag’larini
tijorat
banklaridagi
depozitlariga
yanada
jalb
etish
bo’yicha
qo’nimcha
chora-tadbirlar kompleksi» doirasida bank tizimida bu borada olib borilayotgan
ishlar yanada faollashdi.
Bugungi kunda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish
bo’yicha:
- tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida
kafolat-garov jamg’armalari tizimini shakllantirish;
- aholi bo’sh pul mablag’larini investitsion jarayonlarga jalb qilish maqsadida
qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli qog’ozlarni
muomalaga chiqarish (uy-joy sertifikatlari va uy-joy obligatsiyalari);
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish
maqsadida markazlashgan kredit resurslarning bir qismini tez qoplaydigan
investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes
ob’ektlariga yo’naltirish;
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan
lizing, franchayzing, faktoring kabilardan foydalanishni kengaytirish;
- investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo’yilmalar
samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda
faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari amalga
oshirilib kelinmoqda.
Respublikamizga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi
927-sonli
Qaroriga mufoviq amalga oshiriladi (7.1.2-rasm).
87
|