Xorijiy investorlarning qonuniy faoliyatlari orqali qilingan daromadlari xorijiy
valyutada, chegaralanmagan miqdorda chegaradan olib o’tishlari davlat tomonidan
kafolatlanadi.
O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va o’zlashtirish
maqsadida investorlarga bir qator imtiyozlar (iqtisodiy platforma) beriladi.
Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, xom
ashyo etkazib beruvchilardan tashqari) ro’yxatdan o’tgan kundan boshlab:
- daromad (foyda) solig’idan birinchi yil 25 foiz qismidan, ikkinchi yil 50 foiz
qismidan, uchinchi yil 100 foiz ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan
100 foiz ozod qilinadi;
-mulk solig’idan 2 yilga ozod qilinadi;
-ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig’i eksportga chiqarilsa, 50 foiz
daromad solig’idan (foyda solig’i), 15-30 foiz eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad
(foyda) solig’idan ozod qilinadi;
-ishlab chiqarish bilan band bo’lsa, er solig’idan 2 yilga ozod qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko’zda tutilgan.
Unga ko’ra neft va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni
jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan,
shuningdek ushbu ishlarni amalga oshirish uchun zarur uskunalarni import qilishda
bojlardan ozod qilinadi.
Mazkur soha korxonasi chet ellik hamkorlar bilan birga ochilsa:
- neft va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda)
solig’idan;
- xorijiy hamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk solig’idan
ozod qilinadi.
Engil sanoat sohasida:
- tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo’shimcha qiymat
solig’idandan tashqari barcha soliqlardan ozod;
- o’z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarini import
qilishda korxonalar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.
Dostları ilə paylaş: