Qisqacha xulosalar 1.Chet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik
faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga
qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar,
shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan
har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb
e’tirof etiladi.
2.Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va
mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning
amalga oshirilishi mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash hamda hajmi
tobora ortib borayotgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3.Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya
siyosatlaridan tarkib topib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati
investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda
samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar
majmui.
4. Investitsiya dasturlarida muayyan davrda amalga oshirilishi mo’ljallangan
loyihalar, ularning bajarilish bosqichlari va sarflanishi ko’zda tutilgan mablag’lar
qiymati hududlar va tarmoqlar bo’yicha aks ettiriladi. Investitsiya dasturlari uzoq
muddatga mo’ljallangan bo’lib, unda har bir yil uchun mo’ljallangan chora-tadbirlar
alohida ifodalangan bo’ladi.
Nazorat uchun savollar 1.Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini tushuntirib bering.
2.Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligini
asoslab bering.
3.O’zbekiston Respublikasida yaratilgan qanday imtiyozli moliyaviy sharoitlar
mavjud?
4.O’zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati qanday o’ziga xos jihatlarga
ega?
5.Tuzilmaviy investitsiya siyosati nima?
6.Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilishning qanday shakllari
mavjud?
7.O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning qaysi asosiy
yo’nalishlarini bilasiz?
8.Investitsiya dasturining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
9.O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturining mohiyatini tushuntirib
72