A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Qisqacha xulosalar
1.Globallashuv jarayoniga qo’shilish - bu dunyoning etakchi davlatlari bilan
hamkorlikda bo’lish, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohadagi davlat siyosatining o’zaro
manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga mos kelishidir. Globallashuv jarayoniga
iqtisodiyotni erkinlashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning tezlashishi, raqobatning
kuchayishi va boshqa bir qator omillar ham xosdir.
46


2.Jahon
tajribasi
shuni
ko’rsatadiki,
mamlakat
iqtisodiyotida
xorijiy
investitsiyalarning tutgan o’rni, salmog’i mazkur davlatdagi investitsion muhitning
qanchalik qulayligini belgilaydi. Bu muhit ko’p jixatdan xorijiy investitsiyalarga
nisbatan davlat olib borayotgan siyosatini va tashqi iqtisodiy faoliyatining davlat
tomonidan tartibga solishning xususiyatlari bilan baholanadi.
3.Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi O’zbekiston Respublikasi
hududida, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan xorijiy
investorlarni
jalb
etgan
holda
jahon
bozorida
chiqindilar
chiqarishning
sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda tutuvchi investitsiya
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi. Kioto Protokoli -
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
iqlim
o’zgarishi
to’g’risidagi
Hadli
Konventsiyasiga 1997 yil 11 dekabrda qabul qilingan, O’zbekiston Respublikasi
tomonidan 1999 yil 20 avgustda ratifikatsiya qilingan va 2005 yil 16 fevraldan
boshlab kuchga kirgan, parnik gazlarini atmosferaga chiqarishni qisqartirish
mexanizmlarini belgilovchi hujjat hisoblanadi.
4.Investitsiya loyihasi (loyiha) - iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko’rish
maqsadida investitsiyalar kiritgan holda oldindan belgilangan muddat mobaynida
amalga oshiriladigan o’zaro bog’liq tadbirlar va ishlar majmuasidir.
5.Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda etakchi
o’rinlardan birini egallar ekan, u o’z navbatida jahon xo’jaligi rivojiga sezilarli ta’sir
o’tkazadi. Bu ta’sir, avvalombor, kapitallar migratsiyasining jahon iqtisodiyotini
o’sish sur’atlarida o’z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning kulay investitsiya
muhiti mavjud sohalarni izlab, chegaralarni kesib o’tadi. Xalqaro investitsiyalar
ko’pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital etishmasligi muammosini
hal etish, investitsiya salohiyatini oshirish va iqtisodiy o’sish sur’atlarini tezlatish
imkonini beradi.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin