Academic Research in Educational Sciences volume 3


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#90904
1   2   3   4   5   6   7
soya-o-simligining-morfo-biologik-xususiyatlari-yer-shari-bo-ylab-tarqalishi-va-jahon-bozoridagi-iqtsodiy-ahamiyati

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-174-180 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 176 www.ares.uz 
ega hisoblanadi. Rossiyada ekin maydoni 1202900ming gektar, hosildorligi 13,6s/ga, 
yalpi hosildorlik 1636 mln tonna, AQShda 30700 ming gektarni, hosildorligi 29,1 
s/ga, yalpi hosildorlik esa 89483 mln tonnani tashkil etsa, Ukrainada ekin maydoni 
1351ming gektarni hosildorlik 20,5s/ga, yalpi hosildorlik 2774,3 mln tonnani tashkil 
etadi [6]. Soya dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub, bir yillik o’tsimon 
o’simlikdir. Xalq xo’jaligida madaniy turi (Glycine Maxkeng tarqalgan. 
Yovvoyi turi (Glycine ussuriensis Rge) tabiatda tarqalgan. Madaniy turi 4 ta 
kenja tiplarga bo’lingan: 
1) Korea turi -G ssp.karajensis
2) Manjuriya turi- G ssp. Manshuria
3) Hind turi- G ssp.indica
4) Xitoy turi -G ssp.Chinesis
Xitoy, Hindi-Xitoy, Yaponiya, Koreya MDH da tarqalgan. Bu turlar bir-biridan 
o’sish davri, dukkagi, bargini kattaligi, urug’ining kattaligi, shakli, tupining shakli 
bilan farq qiladi [10]. Soya o’smligining ildizi o’q ildiz tizmiga ega bo’lib, yaxshi 
rivojlangan ildiz sitemasi mavjud. Yon ildizlar ancha uzun bo’lib 2 m gacha 
chuqurlikka kirib boradi. Ildiz tizimida boshqa burchoqdoshlar vakillari singari 
tugunak bakteriyalar simbioz holda yashaydi. Soya o’smligining poyasi dag’al ser 
tuk, tik o’sadigan, usti qirrali balandligi 25 sm dan 35 sm gacha boradi. Maysasi 
yashil rangda bo’lib, ikkita urug’palla barg bilan yer yuziga chiqadi. Shoxlanish 
poyaning pastki qismidan boshlanadi. Ikkilamchi yon shoxlari kam uchraydi. 
Tupi zich, g’ovak tik poyasining rangi yashil bo’lib antotsion dog’lar bo’lshi 
mumkin. Poyasining diametri 4-22 mm bo’ladi, bargi uchtalik toq patsimon 
tuzilishga ega bo’lib, yon barglari mavjud. Barg shakli yirik, keng, urug’i har xil 
shakilda va kattalikda bo’ladi. Eng yirik barglari boshqa o’simliklar singari poyaning 
eng yuqori qismida yoxud poyaning quyi qismida bo’ladi. Poyaning uchki qismida 
birmuncha mayda va nozik barglar joylashgan bo’ladi. Bargning yuza qismi silliq 
yoki burushgan, rangi yashil, to’q va och yashil, sarg’ich yashil, kumush yashil rangli 
bo’ladi. To’liq yetilganda bargi sarg’ayib to’kiladi. Yon barglari bargning asos 
qismida joylashadi. Soya o’simligining guli qiyshiq, mayda 7-11 mm kalta tuklangan 
gul bandida joylashgan. Gulkosasi yashil rangda, toj barglari 5 ta yelkancha, 
qanotcha, rangi oq va binafsha bo’ladi. Gulida 10 ta changchisi va 1 ta urug’chisi bor. 
To’pguli shingil shaklda, barg qo’ltiqlarida joylashgan. To’pgulida 13-20 ta gul 
bo’ladi. Ayrim to’pgullar kalta bo’lib ularda 3-6 ta gul bo’ladi [11]. 



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin