Adabiy tanqid nazariyasi


Mavzuni mustatakamlash uchun savollar



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə27/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

Mavzuni mustatakamlash uchun savollar:
1.anqidchi jasorati deganda nimani tushunasiz?
2. I.Haqqulovning oybekshunoslikka qo'shgan hissasi nimadar. iborai?
4. I.Haqqulov A.Qahhor haqida qanday asar yaratdi?
5. OUmning adabiy suhbatlari haqida gapiring.


BAXTIYOR NAZAROV. 1945-yil 17-scntabrda Toshkentda tug‘ilgan olim dorilfunun- (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tugatib, 1966-yildan Yuqori Chirchiq tumanida o'qituvchilik qildi. 0 ‘zbek ensiklopediyasi tahririyatida ilmiy muharrir bo‘lib ishladi. 1969— 1972-yillarda 0 ‘zbekiston RFA Til va adabiyot institute aspiranturasida tahsil oldi. Shundan beri uning butun faoliyati shu institutda kcchmoqda. bu yerda kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, ilmiy kotib, institut direktori lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Hozir mazkur institut Adabiy aloqalar va Adabiyot nazariyasi bolimi mudiridir. Ma’lum muddat Okzbek.iston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi (1990-1992), Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirining birinchi o‘rin bosari (1992—1994),
0‘zR FAning vitseprezidenti (2000-2001) kabi yuksak lavozimlarda ishladi. B.Nazarov mehnatlari Oybek adabiy-tanqidiy qarashlari tadqiq etilgan nomzodlik (1972), o ‘zbek adabiy tanqidi metodologiyasi muammolari o‘rganilgan doktorlik (1984) disscrtatsiyalari himoya qilinishida, professor (1994) ilmiy unvoni berilishida, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a ’zosi (1989), haqiqiy a ’zosi (2000) etib saylanishida e’tiborini topdi. B.Nazarov ilmiy qiziqishlari hozirgi adabiy jarayon, XX asr o'zbek adabiyoti tarixi, nazariyasi, adabiy tanqid masalalariga qaratilgan. Uning «Bu sehrli dunyo», «Hayotiylik — bezavol mezon», « 0 ‘zbek tanqidchiligi. G‘oyaviylik. Metod. Qahramon» singari o‘nga yaqin so 'zlang. monografiya va risolalarida, tanqid tarixiga doir ishlarida Behbudiy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, G ‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor estetik qarashlari badiiy ijod, adabiy tanqid va adabiy jarayonning chambarchas aloqadorligida, qozoq, qirg‘iz, tatar, ozarbayjon adabiyotlari bilan qiyosiy o ‘rganildi.U ikki jildlik « 0 ‘zbek adabiy tanqidi tarixi*, uchjildlik «Adabiy turlar va janrlar» kabi tadqiqotlar, 20 jildlik Oybck «Mukammal asarlar to‘plami»ni tayyorlashda faol ishtirok etdi. B.Nazarov mamlakatimiz ilmiy hayotidagi dolzarb masalalar yechimida faol ishtirok etishga intiladi. U o ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berish xususidagi qonun loyihasini tayyorlashda faol qatnashdi. Fitrat va Cho‘lpon ijodi yuzasidan xulosa tayyorlash komissiyasiga rahbarlik qildi. Amerika Q o‘shma Shtatlari Indiana univcrsitetida ma’lum muddat darsberdi. AQSH (1987, 1990, 2003), Germaniya (1975, 1988, 1990), Turkiya (1992, 1993, 1994), Norvegiya kabi qator xorijiy mamlakatlardagi ilmiy anjuma nlarda qatnashdi.Maqolaiari AQSH, Polsha, Belorussiya, Qozog‘iston, asossiya ilmiy nashrlarida chop etilgan.Mustaqillik yillarida Amir Temur, Xorazmiy, Farg‘oniy, Moturidiy,Jaloliddin Manguberdi. «Alpomish», Buxoro va Xiva shaharlari yubileylariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlaming tashkiliy tadbirlaridafaol ishtirok etdi. Uning bu xizmatlari Xalqaro Oltoyshunoslik konferensiyasi (RIAK)ning komissiya a’zosi, Turkiyadagi Turk tili Qurumining muxbir a’zosi etib saylanishiga olib keldi. B.Nazarov ilmiy tashkiliy faoliyatini jamoatchilik ishlari bilan qo‘shib olib boradi.
0‘zR FA Til va Adabiyot instituti hamda o‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi adabiyotshunoslik bo‘yicha ixtisoslashgan kengash raisi va a’zosi, 0 ‘zR FA qoshidagi adabiyotshunoslik bo‘yicha Respublika ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Sharqshunoslar assotsiatsiyasi prezidiumi a ’zosi, « 0 ‘zbek tili va adabiyoti» jumali bosh muharriri va tahririyat a’zosi, «Sovetskay tyurkologiya» jumali tahrir hay’ati a ’zosi, 0 ‘zbekiston Yozuvchilaruyushmasi a’zosi, adabiyotshunoslik va tanqid kengashi raisi sifatida turli yillarda o‘z zimmasiga yuklatigan vazifalami halol va vijdonan bajarib keldi hamda bajarmoqda. Uning ilmiy ranbarligida 6 fan doktori, 20 yaqin fan nomzoditayyorlandi. Adabiy tanqid tabiatining tadqiqotchisi. Munaqqid tajribalari shakllanishida uning o ‘zi tomonidan ma’lum bir qismlari o‘zbek tjliga o ‘girilib chop etilgan L.N.Tolstoy qalarniga mansub «San’atning mohiyati to‘g‘risida» maqolasi, N.G.Chernishevskiyning «San’atning voqelikka estetik munosabati» nomli tadqiqoti, G.E.Lessingning «Laookon yoxud tasviriy san’at ila she’riyatning hadlari haqida» asari inuhim ahamiyatga ega boldi. Ilmda endi oyoqqa turib kelayotgan adabiyotshunos bu ishlardan badiiy ijodning nazariy va amaliy muammolari aro bogianish sirlarini aniqlash mahoratini o‘rganishga harakat qildi. Olim ijodida o ‘zbek adabiy tanqidi tarixi, uning tugkilishi va shakllanishi, adabiy-tanqidiy jarayon, tanqidning o ‘ziga xos taraqqiyot yo'lini tadqiq etish yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu yo‘nalishda « 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligi: g‘oyaviylik, metod, qahramon» (1979), «Ikkinchi jahon urushi davri o ‘zbek tanqidchiligi» kabi salmoqli ilmiy tadqiqotlar yaratdi. Olim tanqidchilik va adabiyotshunoslikka Oybek adabiy-tanqidiy va estetik qarashlarini o ‘rganish bilan kirib keldi. Dastlab «Badiiy asarda peyzaj» (1967), « 0 ‘tmishimiz ko‘zgusi»(1968), « 0 ‘tkan kunlar nemis tilida» (1969) singari taqriz va maqolaiari bilan ko‘ringan yoshadabiyotshunos 1969-yiIdan e ’tiboran Oybek haqida «Oybek siymosi», «Oybek estetik qarashiarining shakllanishiga doir», «Oybekning unutilgan bir maqolasi» kabi bir turkum maqolalar e ’lon qildi. Ularda adibning amaliy ijodidan chiqargan ilmiy xulosalari hamda nazariy qarashiarining o ‘z badiiy ijodiga ko'rsatgan ta ’siri o‘rganildi. Bu izlanishlar natijasi o ‘laroq «Bu sehrli dunyo» (1980) kitobi yuzaga keldi.
B. Nazarov tanqidchi mahorati muammolarini tadqiq etishga e’tibor qaratadi. 0 ‘zbek tanqidehiligida sifat o ‘zgarishlari ro‘y berayotgani, tanqid adabiy jarayonga faol ta'sir ko‘rsatishga intilishi, shu bilan birga tanqidchi mahoratining o'sib borishi yaqqol ko'zga tashlanayotgani, adabiy ta nqid janrlanda rang-baranglik sezilayotganiatroflicha tahlil ilindi. Bu yo‘nalishda uning «Adabiyotshun osligimiz va tanqidchiligimiz yangi bosqichda», «Badiiy asar qalbi va tanqidchi dunyosi», «Yosh tanqidchilarni tarbiyalash muammolari» singari maqolaiari maydonga keldi. «Olim madaniyati» (1977) risolasi tanqidchining fikrlash madaniyatiga bag‘ishlangan. «Navqiron she’riyat», «Tanqid va she’riyat» «Aks-sado to'lqinlari», «Qorachiqqa singgan chehralar» kabi taqriz va maqolalarida A.Oripov, berdiyeva, S.Barnoyev kabi shoirlar ijodi tahlil etildi. «Hayotiyiik— bezavol mezon» (1985) kitobida badiiylikning hayotiyiik bilan aloqadorlikdagi muammolarini o‘rganishga qaratildi. Olim lanqidchi mahorati, uslubini o krganar ekan, I. Sulton va H.Yoqubov, M.Qo‘shjonov va O.Sharafiddinov, S.Mamajonov va L. Qayumov, N.Xudoyberganov va U.Normatov, l.G‘afurov va P. Shermuhammedov maqolalanni o‘zaro qiyoslaydi, uslub jihatdan ulami bir-biridan ajratish qiyin emasligini ko‘rsatadi.
M.Qo‘shjonov ijodida shakl va mazmun birligi, O.Sharafiddinov maqoialarida estctik tahlil, L.Qayumov ishlarida asaming hayotiy asoslari, S.Mamajonov tadqiqotlarida poetik mahorat masalalariga alohida e’tibor berilishini ko‘rsatdi. Istiqlol arafasida B.Nazarovning Mahmudxo‘ja Behbudiy, Fitrat va ChoMpon ijodi haqida yangi maqolalari maydonga keldi. Ularda munaqqid qatag‘on qurbonlari ijodini o ‘rganishning yangicha usullari, asarlar baholanishidagi yangi mezonlar to ‘g‘risidagi mulohazalarini o‘rtaga tashladi. Olimning «Muxtor Avezovning jahon adabiyotida tutgan o ‘mi>g‘ «Chingiz Aytmatov», «Markaziy Osiyo xalqlari adabiyoti taraqqiyotida To‘lepbergan Qayipbergenov ijodining ahamiyati», «Qoraqalpoq she'riyatining shakllanish va taraqqiyot jarayonlari», «Maxtumqulining zamonaviyligi» maqoialarida qardosh xalqlar adabiyotining dolzarb masalalari va ulaming o‘zbek adabiyoti bilan uyg‘uniik jihatlari tadqiq etildi. Istiqlol talablariga javob bera oladigan darsliklar yaratish sohasida ham B.Nazarov faollik ko‘rsatdi. N .Karimov, U.Normatov, B.Nazarov hammuallifligida maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan «XX asr okzbck adabiyoti» darsligi adabiyot faniga yangicha yondashuvning namunalaridan biri bo‘lib qoldi. Bir guruh olimlar tomonidan 9-sinf uchun yaratilgan adabiyot darsligining mualliflaridan biri ham B.Nazarovdir. tanqidchi uslubi haqidagi mushohadalar. Olimning « 0 ‘zbek adabiy tanqidchiligi. G‘oyaviylik. Metod. Qahramon» (1979) deb nomlangan yirik monografik tadqiqotida sho‘ro davridagi qarashlar, ayrim nazariy cheklanishlar, muammo va badiiy asarga makuraviy yondashuvlar sezilib turadi; lekin sog‘lom dunyoqarash asosidagi izlanishlarda o‘zbek adabiy tanqidinmg shakilanishi, taraqqiyoti g‘oyaviylik, qahramon,ijodiy metod masalalarini o'rganish aspektida tekshiriladi. 0 ‘zbek adabiy tanqidining rivojlanish yo‘llari, uning muhim muammolari yaxlit va umumlashgan holda tadqiq etilishi jihatidan mazkur tadqiqot mohiyat e ’tibori bilan adabiyotshunoslik tarixidagi o‘z o‘miga ega tadqiqotlardan biridir.B.Nazarov o‘z ijodida adabiy portret janriga ham diqqatini qaratdi.
Adabiy portret nazariyasi haqidagi mulohazalarini to'Idirib, yozuvchi va tanqidchilar haqida adabiy portretlar yaratdi.Olimning «Olimning madaniyati» adabiy portreti ham samimiyva qiziqarli uslubda yozilganligidan tashqari munaqqid ijodining tahlili shaxsiyati bilan bog1 lab tadqiq etilganligi jihatidan kitobxon diqqatini jalb etadi. Olim H.Yoqubov ijodiga xos bosiqlik, izchil mantiqqa suyanish, prinsipiallik, chuqur samimiyatning sirini uning shaxsiyatidan izlaydi. H. Yoq ubovni inson va olim sifatidagi qiyofasini tasvirlar ekan, ikoyanavisning sodda, ravon uslubiga o ‘xshash bayon uslubidan foydalanadi. Natijada ko‘z oldimizda o‘zbek olimlari karvonboshilaridan birining yorqin va sidqidildan chizilgan obrazi yaratiladi. Umuman, ikkala asarda ham tanqidchining bir butun to‘liq qiyofasini yaratishga harakat qilinganki, shu jihatdan ular adabiy portret janri talablariga javob beradi. «She’rlari - oq to‘shli qaldirg‘och», «Mehr mavjlari», «Olmalar besabab to'kilmaydi», «Shukronalik» nomli maqola va taqrizlarida Okzbekiston xalq shoiri Shukrullo ijodining nozik qirralari, poetic obraz yaratish san’ati tahlil etildi.
«Mehr kuychisi» deb nomlangan ijodiy portretida esa shoir ijodi yaxlit holda tadqiq etildi. Ijodiy portret o‘ziga xos kirish so‘zlari bilan boshlanadiki, ular, birinchidan, obrazliligi bilan kitobxon diqqatini o'ziga tortadi. Ikkinchidan, shoir Shukrullo ijodiga qiziqishni oshiradi. Samimiyat, beoromlik, o‘zgalar dardiga befarq, loqayd qaray olmaslik, tanigan va tanimagan zamondoshining hasratu quvonchlarini chuqur his qila bilish shaxs sifatidagi Shukrulloning tabiatidan ijodkor sifatidagi Shukrullo asarlariga nur bo‘lib o‘tishini olim ehtirom bilan yozadi. Umuman oiganda, asarda shoir ijodiga, asarlari va shaxsiga kata hurmat bilan qarash tuyg‘usi ijodiy portretning bosh mohiyatini tashqi etgan. Ijodiy partretning ahamiyati shundaki, unda shoir Shukrulloning ijodi bilan o‘quvchi chuqur tanishish imkoniga ega bo'ladi. Asaming yozilishi uslubi kitobxonni o‘ziga torta oladi. Bu iste’dodli olimning ijodiy portret yaratish mahoratini yorqin namoyon eta olgan tadqiqotlardan biridir.



Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin