Adobe flash dasturida animatsyalar yaratish



Yüklə 267,03 Kb.
səhifə12/13
tarix25.12.2023
ölçüsü267,03 Kb.
#195141
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Sodda animatsiya dasturlarini yaratish mavzusini o\'qitishda inno

B/BX/B JADVALI


BILAMAN

BILISHNI XOXLAYMAN



BILIB OLDIM



Macromedia Flash dasturi Adobe dasturlaridan bo’lib, ob’ektlarni hosil qilish, chizish, harakatlantirish animatsiyalari tovushli fayllarni o’rnatuvchi, roliklar ustida amallar bajarish imkoniyatlari mavjud bo’lgan dasturdir.


Flash dasturining asosiy oynasi menyular, uskunalar, obekt xususiyatlar va qo`shimchalar, ishchi maydon kabi 4 ta asosiy sohalardan iborat.
Macromedia Flash dasturi yordamida ham animatsiya va ham taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin.
Asosan Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet saxifalar, elektron qo’llanmalar va boshqalar yaratiladi



Flash dasturining uskunalar paneli.
Macromedia Flash dasturida animatsiya yaratish usullari.
Avtomatik animatsiya shakllari.

Flash dasturining uskunalar paneli tasvirlarni yaratish va tahrirlash kabi amallarni bajarishga yordam beradi.
Tahrirlash uskunalari paneli asosiy ekranni chan tomonida joylashadi. Unda asosan grafik obyektlar yaratish va tahrirlash uchun mo`ljallangan uskunalar joylashtirilgan.
Macromedia Flash dasturida animatsiya ikki usulda yaratiladi: kadrli (покадровое создание) va avtomatik(автоматическое создание промежуточных кадров). Avtomatik animatsiya shakllar geometriyasini uzgarishi (shape tweening) yoki boshqaruv kadrlar o`zgarishi (motion tweening) asosidagi animatsiya turlarga bo`linadi.


Xulosa.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi axborot ta’lim muhitiga o‘zaro
axborotli ta’sir muhiti sifatida qaralib, talabalar, magistrantlar hamda ilmiy
izlanuvchilarning axborotga, maxsus apparat va dasturiy vositalarga bo‘lgan talabehtiyojlarini qondirish maqsadi ko‘zda tutiladi. Mazkur axborotli o‘zaroaloqa tarkibiga: insonlararo kommunikatsiya vositalari(elektron pochta, telefon aloqasi, chatlar, forumlar, videokonferensiyalar va boshqalar), tashqi va ichki axborot resurslariga ulanish, shuningdek, o‘quvchilarga taqdim etiladigan axborot resurslarining o‘zi kiradi. Oliy ta’lim muassasalari (OTM) asosiy axborot resurslarini turli fanlarni o‘rganishga oid elektron o‘quv-metodik majmualar (EO‘MM) tashkil etadi. EO‘MM deyarli barcha axborotli materiallarni
yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda hozirgi
kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va
ularni ko‘paytirishda kam xarajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik hamda
tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi.
Zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarining afzalligi, avvalo, o‘quv
jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan
iborat. Ta’lim jarayoniga EO‘MMni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning
to‘liq manzarasini namoyish etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini
ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazoratni
takomillashtirish, o‘quv jarayonini natijaviyligini oshirishga yordam beradi. Bundan
tashqari, zamonaviy elektron o‘quv-metodik majmualarning afzalligiga dars
jarayonining yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.
Talabalar mustaqil tayyorgarligi jarayonida mazkur vositalardan foydalanish ta’lim
tizimidagi odatiy bo‘lgan o‘qitish vazifasi faqat o‘qituvchiga taalluqli bo‘lgan,
tipik vaziyatni o‘zgartiradi. EO‘MM talabaga taqdim etilayotgan o‘quv
axborotlarini erkin qabul qilish, ularni individuallik xususiyatiga ko‘ra,
o‘zlashtirishida o‘qituvchining o‘qitish funksiyasi talabaning o‘ziga o‘tadi. Bunda
o‘qituvchi o‘quvchini faqat qo‘llab-quvvatlaydi, o‘quv axborotlari oqimidan
samarali foydalanish hamda yuzaga keladigan muammolarni hal etishga yordam
beradi. Zamonaviy ta’lim tizimi hozirgi davrning barcha o’ta jiddiy talablariga javob
bera olmasligi juda ko’pchilik olimlar va mutahassislar tomonidan tan olinayapti.
Ushbu holatni tubdan o’zgartirishning asosiy yo’llaridan biri – ta’lim tizimiga
zamonaviy texnoligik rivojlanishning eng yangi dasturiy-texnik vositalarini keng
miqyosda jalb qilishdir. Bunday vositalardan biri – insonlarning ishlab chiqarishdan
va boshqa kundalik yumushlardan ajralmagan holda to’laqonli ta’lim olishiga imkon
beradigan masofaviy ta’lim (distance education) tizimidir. 2012 yilning kuzlarida
Stenford universitetining ikki professori Sebastyan Trun va Piter Norvig internetda
barcha istovchilar uchun sun’iy intellect bo’yicha ma’ruzalar tinglashni taklif
qilishdi. Bu ma’ruzalar o’z tarkibiga barcha kerakli materiallarni, testlarni va
yakuniy imtihonlarni qamrab olgan edi. Mashg’ulotlar esa faqat on-line ko’rinishida
tashkil etilgan edi. Ma’ruzachilar eng ko’pi bilan 2-3 ming talaba ushbu
mashg’ulaotlarga qatnashishini rejalashtirgan bo’lsalarda, semester boshida unga
dunyoning 200 ta mamlakatidan 160 ming kishi yozilib bo’lgan edi. Bunga o’xshash
masofaviy ta’lim tizimlari borgan sari murakkablashib va sifati oshib borayotganini
ta’kidlamasdan iloji yo’q. Kun sayin yanada ko’proq tajribali o’qituvchilar va
professorlar o’z ma’ruzalarini boshqalar bemalol foydalanishi uchun YouTube va
iTunes tizimlariga yozib qo’yayaptilar. Ularning ba’zilari, masalan, siyosiy falsafa
bo’yicha Garvard professori Maykl Sendel o’zining ma’naviyat haqidagi «Justice»
deb nomlangan kursini haddan tashqari ommalashib ketgani tufayli internetdagi eng
mashhur shahslardan biri bo’lib qoldi. Har yili dunyo miqyosidagi eng yaxshi
bilimlarni to’plash va ularni internet orqali barcha foydalanishi uchun tarmoqqa
joylashtirish bo’yicha yangidan-yangi ishlar qilinib, filantroplar va venchur
tadbirkorlar buning uchun o’nlab million dollar mablag’lar ajratayaptilar. Ularning
birgalikdagi say’i-harakatlari dunyoning istalgan joyida yashovchi insonlarning
zamonaviy va sifatli ta’lim olishlariga sabab bo’lishi kutilayapti. Professorlar
Sebast’yan Trun va Piter Norvig larning ta’kidlashlaricha, 2050 yilga kelib, jahon
miqyosida bor-yo’g’i o’ntagina katta zamonaviy universitetlar qolib, ularda bir
vaqtning o’zida millionlab talabalar o’qitilishiga erishiladi.



Yüklə 267,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin