Agrokimyo kirish


MIKROELEMENTLARNING O’SIMLIK HAYOTIDAGI ROLI



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə55/123
tarix27.12.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#199744
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123
Agrokimyo kirish-fayllar.org

MIKROELEMENTLARNING O’SIMLIK HAYOTIDAGI ROLI

  1. Hozirgi kunga kelib, o’simliklar tarkibida kimyoviy elementlardan 74 tasining mavjudligi aniqlangan bo’lib, shulardan 16 tasi o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar hisoblanadi. O’simlik quritilib tekshirilganda, uning tarkibida 45% kislorod, 42% uglerod, 6,5% vodorod va 1,5% atrofida azot bo’lib, bu 4 ta element o’simlik tarkibidagi kimyoviy moddalarning 95% ini tashkil etadi. Qolgan 12 ta element juda oz miqdorda bo’lib, atiga 5% ni tashkil etadi. O’simlik tarkibidagi 87% uglerod va kislorodni fotosintez jarayonida barglari orqali havodan, vodorodni suvdan va boshqa qolgan oziq moddalarni esa tuproqdan oladi.


  2. O’simliklar tarkibidagi mikroelementlar miqdorini quyidagi misoldan yaqqol ko’rish mumkin. 1 gektardan olingan 270 s qand lavlagi tarkibidagi makro va mikroelementlarning ulushi quyidagicha: azot 166 kg, fosfor 42 kg, kaliy 157 kg, bor 0,162 kg, marganes 0,502 kg, mis 0,0053 kg, rux 0,0188 kg, kobalt 0,002 kg. Bor, marganes, rux, molibden, kobalt, yod va boshqalar o’simlik organizmining 100000 dan bir va hatto undan ham kam ulushini tashkil qilganidan ular mikroelementlar deb atalgan.


  3. Tuproqda va yaylovlarda kobalt yetishmasligi esa “sxotka” kasalligini keltirib chiqaradi. Hayvonlarning yungi to’kila boshlaydi. Tuproqda mis bo’lmaganda esa, qo’y va qora mollarning kasallanishi, o’simliklarning hosilining keskin kamayib ketishi ilmiy jihatdan isbotlangan.


  4. Mikroelementlar fotosintez, nafas olish va boshqa bir qancha jarayonlarda bevosita ishtirok etadi. Shu sababli ham ular o’g’it sifatida tuproqqa solinganda, ekinlarning hosildorligini oshiribgina qolmay, larning sifatini ham yaxshilaydi, shuningdek hosil shoxlarini shakllanishini, shonalash, gullash va hosilni erta pishib yetilishini tezlashtiradi.




  5. Bor tanqisligida gullar soni keskin kamayadi, shona va tugunchalar to’kiladi, poya hamda ildizning o’sish nuqtalari shikastlanadi. Bor hujayradagi suv miqdorini ko’paytiradi, oqsil va uglevod almashinuv jarayonini tezlashtiradi. Bu qand moddalarini o’sish nuqtalari va mevaga borishini tartibga soladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka bardoshini oshiradi. Bor yetishmasa, fotosintezjarayoni sekinlashadi, shuningdek o’simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi. O’simliklar tarkibidagi bor miqdori o’rtacha 0,0001% yoki 1 kg quruq moddada 0,1 mg ga tengdir. Bor tanqisligida o’simliklarda quruq va jigarrang chirish, sarg’ayish, ildizmevalarning o’zaklanishi hamda bakterioz kabi illatlar kuzatiladi. Kungaboqar, pomidor, gulkaram, beda, xashaki ildizmevalilar, g’o’za, zig’ir, sholi, sabzavotlar va qand lavlagi borga talabchan o’simliklar jumlasiga kiradi. Tuproq tarkibida bor miqdori 30 mg/kg dan oshib ketsa, o’simliklarda zaharlanish alomatlari paydo bo’ladi. Poyaning pastki qismidagi barglar sarg’ayadi, to’kiladi. Borning ko’pligi chorva mollarining salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Turli tuproqlarda bor tanqisligining quyi chegarasi turlicha bo’ladi, bu ko’rsatkich qora tuproqlarda 0,3—0,6 mg/kg, bo’z tuproqla rda 0,45—2 mg/kg dan past bo’lganda borli o’g’itlar qo’llash lozim. Borli o’g’itlarni qo’llash natijasida zig’ir (tola) va paxtadan gektariga 2—3 sentnergacha qo’shimcha hosil olish mumkin. Qand lavlagi hosildorligi 45 sentnerga oshib, tarkibidagi qand moddasi 0,3—2,1% ga ko’payadi.
  6. Agarda tuproq tarkibida bor moddasi bo’lmasa, o’simlik yoshlik davridayoq o’sishdan to’xtaydi. O’simliklarda bor moddasining yetishmasligini uning tashqi ko’rinishidan ya’ni, o’simliklarning sekin o’sishidan, yosh poya va yaproqlarning mo’rtlasha boshlashidan dukkakli o’simliklar ildiz tuganaklarining zaiflashganligidan bilish mumkin. Bu hoi o’simliklarda oziqa moddalari harakat qiladigan yo’llar faoliyatining buzilishiga bog’liqdir. Bor hamma elementlarga bir xil miqdorda zarur emas. Tarkibidagi borning miqdoriga qarab, ular bir biridan kuchli farq qiladi. Arpa, bug’doy, tariq, suli, makkajo’xori kabi bir pallali o’simliklarda bor juda kam bo’ladi, ikki pallali o’simliklarda esa juda ko’p bo’ladi. O’simlik tarkibida bor qanchalik ko’p bo’lsa, u borning yetishmasligini shunchalik tez sezadi. Bir o’simlikning o’zida (ildizda, poyasida, yaprog’ida, gulida) turli vaqtda mikroelementlar miqdori turlicha bo’ladi. Demak, o’simliklarning borga bo’lgan talablari turlichadir. Ba’zi o’simliklar shonalash davrida borga juda boy bo’ladi. Masalan: shu davrda kungaboqar yaprog’ida uning miqdori 0,005% gacha yetadi, boshqa davrlarda esa juda kam bo’ladi. Temperaturaning o’zgarib turishi ham o’simlikning borga bo’lgan talabiga ta’sir ko’rsatadi, harorat pasayganda borga bo’lgan talab ham pasayadi. Bularning hammasi o’simliklarning o’ziga xos xususiyatlarini, tuproqni tashqi muhit va boshqalarni hisobga olmay turib, mikroelementlami bir xilda qo’llash mumkin emasligini yana bir bor ko’rsatadi.




  7. Mis. Nafas olishning kuchayishi o’z navbatida o’simlikda uglevod almashinishini va oqsilning sintez bo’lishini tezlashtiradi. Bularning hammasi o’simlikning umumiy holatini yaxshilaydi, jumladan uni zamburug’ kasalliklariga chidamliligini oshiradi. Mis asosan yaproq xloroplastlarida to’planib, xlorofillni buzilishdan saqlaydi. Bu liam oqsilning kuchli sintez bo’lishi natijasidir. Oqsil ko’p bo’lgan taqdirda rang beruvchi xlorofill moddasi oqsil bilan qo’shilib uning chidamliligi oshadi, bu esa yaproq va umuman o’simlikning hayotiy faoliyatini kuchaytiradi, fotosintez jarayonini uzaytiradi va natijada urug’ hosili hamda undagi uglevodlar miqdorini ko’paytiradi. Miso’g’iti lavlagida shakarni, moyli o’simliklarda yog’ni, beda, lavlagi, kartoshka va boshqa o’simliklarda “C” vitaminning miqdorini ko’paytiradi. Qizig’i shundaki, mis birikmalari (bor, marganes va rux birikmalari singari) o’simliklarning suv rejimiga va ularning qurg’oqchilikka hamda sovuqqa bardosh berishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatib, yaproqlarda suvni sezilarli darajada ko’paytiradi.
  8. Mis yetishmasligi tufayli yuz beradigan kasalliklardan mevali daraxtlardan yuqori qismining qurib qolishi (ekzamtema) va o’tsimon o’simliklarni zararlaydigan xloroz, barg uchining burishib qolishi kasalliklari yaxshiroq o’rganilgan. Meva daraxtlari yuqori qismining qurib qolish hodisasi butun yer yuziga tarqalgan. Ayniqsa sitrusli o’simliklar bu kasalliklarga tez-tez chalanib turadi. Yozda olma daraxtining tepa shoxlari quriydi. Shu kasallik tufayli daraxtning o’sishi ham sekinlashadi. Yaproqning ba’zi joylari astasekin quriy boshlaydi. Kasallikning tez rivojlanishi natijasida yangi yaproqlar burishib qoladi va to’kiladi, novdaning yuqori qismi quriydi. Ko’pincha suli, arpa, bug’doy va boshqa g’alla o’simliklari ham xloroz, barg uchlarining qurib qolishi kasalliklari bilan zararlanadi. O’simlik qattiq zararlanganda o’sishdan to’xtaydi va qurib qoladi. Mis birikmalaridan foydalanib, bu kasalliklarning hammasini yo’qotish yoki butunlay bartaraf qilish mumkin. O’simliklarda misning o’rtacha miqdori 0,0002% yoki 1 kg og’irlik hisobiga 0,2 mg ga to’g’ri keladi. O’simlik hujayrasida 2/3 qism mis erimaydigan, birikkan holda uchraydi. O’simlikning o’suvchi qismlari va urug’i nisbatan misga boy bo’ladi. Bargdagi misning 70% i xloroplastlarda konsentrlanadi. Ma’lum darajada misning fiziologik ahamiyati uning mis tutuvchi oqsillar va fermentlarning tarkibiga kirishi bilan belgilanadi.





  9. Yüklə 0,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin